Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

27 Mart 2024

"Eltech industrial" texnoparkini boshqarish direksiyasi"ning faoliyatini samarali tashkil etish va texnopark bosh rejasini ishlab chiqish maqsadida texnopark faoliyatini boshqarish boʻyicha xalqaro konsalting kompaniyasi jalb qilinadi

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda  Davaktiv agentligi/Buyurtmachi) direksiyaning bosh rejasini ishlab chiqish va uning faoliyatini samarali boshqarishni tashkil etish maqsadida, “Eltech industrial” texnoparkini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) faoliyatini samarali tashkil etish va texnopark bosh rejasini ishlab chiqish maqsadida texnopark faoliyatini boshqarish boʻyicha (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) ushbu sohada ilgʻor tajribaga ega xalqaro professional konsalting kompaniyasini (keyingi oʻrinlarda  Kompaniya) jalb etish yuzasidan tanlov eʼlon qiladi.

Barcha qiziqish bildirgan talabgorlardan Taklif taqdim etish uchun soʻrovnomaga (RfP) asosan tijorat takliflarini joriy yil 2024-yil 5-aprel kuni soat 18:00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar taqdim etishlarini soʻraymiz.

Agar, birgalikda qoʻshma tijorat taklifi taqdim etilsa, jalb qilingan sherik — konsultantning ham ishini muvofiqlashtirish uchun masʼul boʻlgan va javobgarlikni zimmasiga oladigan asosiy konsultant koʻrsatilishi lozim.

Barcha manfaatdor tomonlar quyidagi axborot kanallari orqali tijorat takliflarini taqdim etishlari soʻraladi (kodlangan holda):

Toʻxtasinov Oʻtkir Tolibjon oʻgʻli - Davlat aktivlarining hisobini yuritish boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari;

Telefon: +998-71-259-22-08;

E-mail: tender@davaktiv.uz

Kompaniyalarning vakillari bilan loyiha boʻyicha ishlar yaqin hamkorlikda, zarur hollarda esa Direksiyada qoʻshimcha loyiha guruhini tuzish orqali amalga oshirilishi mumkinligi maʼlum qilinadi.

Diskleymer:

Mazkur soʻrovnoma tijorat taklifini taqdim etish majburiyati hisoblanmaydi va Buyurtmachiga taklifni qabul qilish yoki shartnoma tuzish majburiyatini yuklamaydi. Shunga koʻra, takliflar uchun ushbu soʻrovnomani eʼlon qilish va/yoki u bilan bogʻliq arizalarni olish, bir yoki bir nechta ishtirokchilar bilan muzokaralar va muhokamalar orqali shartnoma tuzishni nazarda tutmaydi.

Ushbu hujjatda keltirilgan materiallar va maʼlumotlar loyihaning faqat eng muhim tomonlarining dastlabki xulosasi va Konsultantdan loyiha boʻyicha kutilishi mumkin boʻlgan ishlar hajmi toʻgʻrisida umumiy maʼlumot sifatida xizmat qilishiga moʻljallangan.

Tanlov ishtirokchilari hech narsaga ishonib va bogʻlanib qolishlari kerak emas, tanlov jarayoni bilan bogʻliqlikda buyurtmachi uchun dastlabki taqdimot va takliflarni tayyorlash maqsadida yagona cheklov bundan mustasno.

Direksiyaning bosh rejasini ishlab chiqish va uning faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida texnopark faoliyatini boshqarish boʻyicha konsultantni jalb qilish yuzasidan taklif taqdim etish uchun soʻrovnoma (RfP)

Kirish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi PQ-15-son qaroriga muvofiq, Eltech industrial texnoparkini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi faoliyatini samarali tashkil etish va texnopark bosh rejasini ishlab chiqish maqsadida texnopark faoliyatini boshqarish uchun ushbu sohada ilgʻor tajribaga ega xalqaro konsalting kompaniyasini tanlov asosida jalb qilish belgilangan.

Direksiya faoliyatini samarali tashkil etish va texnopark bosh rejasini ishlab chiqish jarayonlari Direksiyaning tarmoq va individual xususiyatlaridan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari doirasida eng maqbul xorijiy tajriba asosida tashkil etilishi lozim.

Direksiya toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi PQ-15-son qaroriga muvofiq yangi turdagi yuqori texnologiyaga asoslangan elektrotexnika mahsulotlari va ularning butlovchi qismlarini oʻzlashtirish maqsadida, “Ohangaron Tech Industrial” texnoparkini boshqarish direksiyasi” davlat unitar korxonasini “Eltech Industrial” texnoparkini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) sifatida qayta tashkil etilgan.

Direksiya texnoparkni boshqarish menedjmenti hisoblanadi.

Korxonaning yuridik manzili: Toshkent viloyati, Oxangaron tumani, Ohunboboyev koʻchasi 1-uy.

Maʼlumot uchun: Direksiya faoliyatini samarali tashkil etish va texnopark bosh rejasini ishlab chiqish uchun qoʻshimcha ravishda 224,0 ga yer maydonlari ajratilgan. (Toshkent viloyati, Oxangaron tumani, Ohunboboyev koʻchasi hududidan 200,0 ga, Xorazm viloyati, Urganch shahri “Al-Xorazmiy” majmuasi hududidan 4,0 ga, Fargʻona viloyati Fargʻona shahri “Eko shahar” hududi 10 ga va Toshkent viloyati Parkent tumani 10 ga);

Kompaniyalardan kutilayotgan takliflar tuzilmasi va ularga qoʻyiladigan talablar:

Texnopark bosh rejasini ishlab chiqish yoʻnalishida:

  • direksiyaning kengaytirilgan hududlariga jahon standartlariga mos bosh rejasini ishlab chiqish;
  • bosh rejani ishlab chiqish jarayonida yashil energiya imkoniyatlarini inobatga olish;
  • bosh rejani ishlab chiqish jarayonida texnik xavfsizlik hamda qurilish standartlariga toʻliq javob berishini inobatga olish;
  • bosh rejani ishlab chiqish jarayonida zarur infratuzilmalarni va kommunikatsiya tarmoqlarini inobatga olish;
  • bosh rejani ishlab chiqish uchun kompaniya tomonidan mustaqil ravishda ixtisoslashgan loyiha kompaniyasi jalb qilinadi;
  • bosh rejani 4 oy muddatda ishlab chiqish;

Boshqaruv yoʻnalishida:

  • direksiyani boshqarish metodologiyasini ishlab chiqish va boshqarishda koʻmaklashish;
  • jahon savdosiga bogʻliq valyuta oʻzgarishi va boshqa omillar bilan bogʻliq xavflarni tahlil qilish hamda amalga oshirilgan tahlillar asosida direksiyani boshqarish jarayonlarini muvaffaqiyatli tashkillashtirish uchun lozim boʻlgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish;
  • direksiyani boshqarish, xavfsizlik va energiyani tejash sohasidagi barcha mahalliy va xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
  • direksiyaning investitsiya jozibadorligini oshirish, eng ilgʻor amaliyotlar va oʻxshash (analog) tahlillari asosida tuzilma va boshqaruvni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
  • jahon bozorida mahsulotlarni ilgari surish uchun samarali marketing strategiyasini ishlab chiqish, jahon elektrotexnika sanoati bozorini tahlil qilish, asosiy oʻyinchilarni, tendensiyalarni va potensial bozor imkoniyatlarini va kompaniyaning jahon brendlari bilan hamkorlik va butlovchi qismlarni eksport qilish sohasidagi strategik maqsadlarini aniqlash;
  • energiya samaradorligini oshirish va elektrotexnika sanoatida barqaror rivojlanishga koʻmaklashish rejalarini ishlab chiqish;
  • direksiyaga texnologik va innovatsion loyihalarni jalb qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
  • direksiyaga xorijiy hamda mahalliy investorlarni jalb qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
  • investitsiyalarni jalb qilish strategiyasini ishlab chiqish;
  • to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;
  • jalb qilgan xorijiy investitsiya hajmidan kelib chiqib ragʻbatlantirish tizimini ishlab chiqish;
  • moliyaviy barqarorlik boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
  • optimal marketing strategiyasi boʻyicha tavsiyalar, marketing materiallarini tayyorlash (tizer, info-memorandum va boshqalar) va investorlar oʻrtasida axborot materiallarini tarqatish;
  • elektrotexnika sohasidagi tadqiqotlarda ishtirok etish, yangi texnologiyalar va mahsulotlarni joriy etish qobiliyati boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
  • direksiya faoliyatini raqamlashtirish imkoniyatlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
  • direksiya faoliyatini samarali tashkil etish uchun 1 yil muddatda boshqarish qobiliyati mavjudligi koʻrsatish;

Qoʻshimcha talablar:

  1. Kompaniyaning (individual arizachi yoki Konsorsium) taklifi oʻzbek/rus tillarida tayyorlanishi va quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:
  2. qoʻyilgan vazifalarni bajarish uchun yetarli salohiyat va vakolatga egaligi, shuningdek, inson, vaqt va moddiy resurslarning mavjudligi toʻgʻrisida yozma ariza;
  3. manfaatlar toʻqnashuvi mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumot.

Direksiya faoliyatini samarali tashkil etish va texnopark bosh rejasini ishlab chiqish boʻyicha kelib tushadigan takliflarni saralab olish jarayonlari boʻyicha:

a) direksiyani boshqarish jarayonini tashkillashtirish boʻyicha Kompaniyaning kelgusidagi harakatlar ketma-ketligini va ish koʻlamini oʻz ichiga olgan rejasi. Kompaniyaning tavsiyalari va takliflariga qisqa vaqt ichida tegishli javob berilgan taqdirda, boshqarish jarayonning davomiyligi va samaradorligi boʻyicha xulosasi (10 ballgacha);

b) xizmat haqining qatʼiy qismi alohida-alohida yagona raqam shaklida (QQS, xizmat safari va boshqa xarajatlar bilan birga) boʻlishi hamda 2 qismdan iborat:

  • boshqaruv yoʻnalishi boʻyicha oyma-oy xizmat haqini koʻrsatish (25 ballgacha)
  • texnopark bosh rejasini ishlab chiqish uchun xizmat haqini koʻrsatish (25 ballgacha);

v) shu toifadagi loyiha doirasida tuzilgan bitimlar yuzasidan Kompaniyalarning ish tajribasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek, 2020-yil 1-yanvar kunidan boshlab hozirgi davrga qadar MDH mintaqasidagi mandatlar toʻgʻrisida maʼlumot (20 ballgacha);

g) loyihani amalga oshirishdan kelib chiqib, loyihani amalga oshirish yuzasidan ishlarni tashkil etish boʻyicha taklif. taklif etilgan loyihaga jalb qilingan jamoa haqida maʼlumot, shaxslarning (jismoniy va yuridik) ismlari va ular haqidagi maʼlumotlar: ish tajribasi, faoliyat muddati, bitimlar tuzish boʻyicha umumiy tajriba va ularni amalga oshirish boʻyicha malakasi
(20 ballgacha);

1294 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech