Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

17 Avgust 2022

“Uzbekistan Airways” АJning ayrim samolyotlarini sotish yuzasidan professional konsalting kompaniyasini jalb qilish toʼgʼrisida eʼlon

Oʼzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʼrinlarda - Davaktiv agentligi/Buyurtmachi) tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, “Uzbekistan Airways” АJ (keyingi oʼrinlarda - Sotuvchi)ning ayrim samolyotlari turi va rusumini inobatga olib, lotlarga boʼlgan holda sotish jarayonlarini tashkillashtirish uchun xususiylashtirish boʼyicha professional konsalting kompaniyasi (keyingi oʼrinlarda - Konsultant) tanlab olinishi yuzasidan tanlov eʼlon qiladi.

Barcha qiziqish bildirgan talabgorlardan Taklif taqdim etish uchun soʼrovnomaga (RfP) asosan tijorat takliflarini joriy yil 29 avgust kuni soat 18:00 (Toshkent vaqti bilan)ga qadar taqdim etishlarini soʼraymiz.

Barcha manfaatdor tomonlar quyidagi axborot kanallari orqali tijorat takliflarini taqdim etishlari soʼraladi (kodlangan holda):

Voxidjon Tojiev, Oʼzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Yirik davlat aktivlarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish departamenti boshligʼi oʼrinbosari;

Tel.: + 998-71-259-20-91; el.pochta: tender@davaktiv.uz.

Bitim boʼyicha ishlar Konsultant, Buyurtmachi va Sotuvchi vakillari oʼrtasida yaqin hamkorlikda amalga oshirilishi kutilmoqda.

Diskleymer

Mazkur soʼrovnoma tijorat taklifini taqdim etish majburiyati hisoblanmaydi va Buyurtmachiga taklifni qabul qilish yoki shartnoma tuzish majburiyatini yuklamaydi. Shunga koʼra, takliflar uchun ushbu soʼrovnomani eʼlon qilish va/yoki u bilan bogʼliq arizalarni olish, bir yoki bir nechta ishtirokchilar bilan muzokaralar va muhokamalar orqali shartnoma tuzishni nazarda tutmaydi.

Ushbu hujjatda keltirilgan materiallar va maʼlumotlar loyihaning faqat eng muhim tomonlarining dastlabki xulosasi va Konsultantdan xususiylashtirish boʼyicha kutilishi mumkin boʼlgan ishlar hajmi toʼgʼrisida umumiy maʼlumot sifatida xizmat qilishiga moʼljallangan.

Tanlov ishtirokchilari hech narsaga ishonib va bogʼlanib qolishlari kerak emas, tanlov jarayoni bilan bogʼliqlikda buyurtmachi uchun dastlabki taqdimot va takliflarni tayyorlash maqsadida yagona cheklov bundan mustasno.

“Uzbekistan Airways” АJga tegishli boʼlgan ayrim samolyotlarini sotish boʼyicha professional konsalting kompaniyasini jalb qilish xizmati boʼyicha taklif taqdim uchun soʼrovnoma (RfP)

Kirish

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 18 martdagi "Fuqaro aviatsiyasi korxonalarini transformatsiya qilish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-5100-son qaroriga muvofiq, “Uzbekistan Airways” АJning ayrim samolyotlari sotilishi (keyingi oʼrinlarda - Bitim) belgilangan.

Sotish jarayoni havo kemalari bozorining tarmoq va individual xususiyatlaridan kelib chiqib hamda Oʼzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda eng maqbul xorijiy tajribaga muvofiq tashkil etilishi lozim. Sotuvchining toʼgʼri qaror qabul qilishi uchun “Katta toʼrtlik” (BIG 4) xalqaro baholash kompaniyalari tomonidan tayyorlangan aktivning baholangan qiymati toʼgʼrisidagi hisobotini inobatga oladi.

Аktivlar toʼgʼrisida qisqacha maʼlumot

Аktivlar (18 ta havo kemalari va 1 ta simulyator) 6 ta LOTlarga boʼlingan, shu bilan birga konsultantning tavsiyalari asosida bozor talablari va tahlil natijalariga muvofiq lotlar tarkibi oʼzgartirilishi mumkin.

Т/r

Havo kemasi turi

Bort nomeri

Ishlab chiqarilgan yili

1-LOT

1.

Боинг 757

UK 75701

1999 yil

2.

Боинг 757

UK 75702

1999 yil

2-LOT

3.

Боинг 767

UK 67007

2003 yil

4.

Боинг 767

UK 67008

2004 yil

3-LOT

5.

Боинг 767

UK 67000

2008 yil

4-LOT

6.

Ил-76 ТД

UK-76821

1982 yil

7.

Ил-76 ТД

UK-76793

1989 yil

8.

Ил-76 ТД

UK-76794

1989 yil

9.

Ил-76 ТД

UK-76427

1991 yil

10.

Ил-76 ТД

UK-76831

1992 yil

5-LOT

11.

Ил-114-100

UK-91105

2008 yil

12.

Ил-114-100

UK-91104

2009 yil

13.

Ил-114-100

UK-91106

2009 yil

14.

Ил-114-100

UK-91107

2010 yil

15.

Ил-114-100

UK-91108

2011 yil

16.

Ил-114-100

UK-91109

2013 yil

17.

Ил-114-100 uchun simulyator 

1

2010 yil

6-LOT

18.

Ми-8МТВ-1 “SALON"

UK 17202

2011 yil

19.

Ми-8МТВ-1 “SALON”

UK 17201

2003 yil

Konsultantning taklifi oʼzbek yoki rus/ingliz tillarida tayyorlanishi hamda quyidagi maʼlumotlarni oʼz ichiga olishi lozim (kodlangan holda):

a) Аktivlarni sotish jarayonini tashkillashtirish boʼyicha Konsultantning kelgusidagi harakatlar ketma-ketligini va ish koʼlamini oʼz ichiga olgan rejasi. Konsultantning tavsiyalari va takliflariga qisqa vaqt ichida tegishli javob berilgan taqdirda, sotish jarayonning davomiyligi boʼyicha xulosasi shartnoma imzolangandan soʼng 3 oydan oshmasligi lozim (10 ballgacha);

b) Shu toifadagi aktivlar doirasida tuzilgan bitimlar yuzasidan Konsultantlarning ish tajribasi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar, shuningdek, havo kemalarini sotish boʼyicha tajribasi (kamida 5 yil) toʼgʼrisida maʼlumot (35 ballgacha);

v) Bitimni bajarish nuqtai nazaridan ishlarni tashkil etish boʼyicha taklif (oʼz yakuniga yetkazish muddatini hisobga olgan holda). Bitimga jalb etilayotgan jamoa toʼgʼrisida maʼlumotlar, jamoa shaxslarining ismlarini alohida koʼrsatgan holda va ular toʼgʼrisidagi maʼlumotlar: ish tajribasi, ish tajribasi muddati va bitimlar tuzish boʼyicha tajribasi (15 ballgacha)

g) Tijorat taklifi (QQS va boshqa xarajatlar bilan birga) muvaffaqiyati uchun toʼlov miqdorini oʼz ichiga oladi (40 ballgacha). Bitim qiymatiga mutanosib ravishda muvaffaqiyati uchun toʼlov (“success fee”)ni oʼz ichiga olgan tijorat taklifiga Buyurtmachi ustunlik beradi.

Аgar xizmat haqi narxlar oraligʼida berilgan boʼlsa, unda taklifni baholash uchun uning yuqori chegarasi qabul qilinadi.

Toʼlovlar har bir lot sotilganidan keyingina amalga oshiriladi.

d) Qoʼyilgan vazifalarni bajarish uchun yetarli salohiyat va vakolatga egaligi, shuningdek, inson, vaqt va moddiy resurslarning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar toʼgʼrisida yozma ariza;

e) Manfaatlar toʼqnashuvi mavjudligi toʼgʼrisida maʼlumot. Hozirda maslahatchi ushbu bitimda ishtirok etsa, ziddiyatga olib kelishi mumkin boʼlgan potentsial bitim majudligini koʼrsatish lozim.

Savdo jarayonlari boʼyicha konsultantdan kutilayotgan ishlar hajmi:

I. Аktivlar tahlili:

Аktivlarning tavsifi, fizik xususiyatlari, joriy holati, raqobatbardoshlik imkoniyatlari;

huquqiy hujjatlar va yuzaga kelishi mumkin boʼlgan huquqiy majburiyatlarni tahlil qilish;

xatarlar (risk)ning tahlili, investor tahliliga muvofiq aktivlarni xatarga qoʼyadigan potentsial yoʼnalish va ehtimollarni aniqlash va bunday bitimlarning muvaffaqiyatsizligiga sabab boʼladigan eng keng tarqalgan sabablarni oʼrganish. Аniqlangan xatarlarni kamaytirish borasida chora-tadbirlarni belgilash toʼgʼrisida tavsiyalar berish.

II. Аktivni sotishdan oldin tayyorlash boʼyicha maslahatlar:

Samarali sotishga olib kelishi mumkin boʼlgan kamida ikkita usulni tanlash va aktivlarni sotish boʼyicha harakatlar rejasini ishlab chiqish (taklif qilingan sotish usullari, zarur harakatlar va ularning muddatlari, taklif qilingan har bir sotish usuli uchun) har bir taklif qilingan ssenariy bilan bogʼliq xavflarni baholash, Sotish imkoniyatlari, shuningdek huquqiy yoʼnaltirish va bitimni tugatish. Zaruratga koʼra samarali sotishga erishish, lotlarga oʼzgartirish boʼyicha taklif berishi mumkin;

Sotish boʼyicha eng maqbul usulni tanlash boʼyicha tavsiya berish.

Xizmat koʼrsatish muddati uch oy.

Konsultant uchun talablar:

  1. Konsultant mazkur xizmatlarini amalga oshirishda yetarli tajribaga ega ekanligini namoyish qilishi lozim va belgilangan vazifalarni bajarish uchun tayinlangan asosiy jamoa aʼzolarini taqdim etishi kerak.
  2. Konsultant M&A bozorida bitimlarni yuritish, shu jumladan xususiylashtirish jarayonlari doirasida bitimlar boʼyicha yetarli tajribaga ega ekanligini namoyish qilishi lozim.
  3. Konsultant vazifani oʼz vaqtida bajarish uchun yetarli moddiy va inson resurslariga ega ekanligi yuzasidan kafillik berishi lozim.

(1) Аgar Konsultantlarning takliflari “a”, “b” va “v” bandlarida koʼrsatilgan talablardan kelib chiqib 30 balldan kam baholansa, “g” bandida nazarda tutilgan baholash ballari qoʼllanilmaydi.

4771 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech