Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

19 Iyul 2020

"Qoʻqon mexanika zavodi" AJ ustav kapitalidagi davlat ulushining xususiylashtirish jarayoni qaytadan boshlanganligi toʻgʻrisida eʼlon

Tegishli xususiylashtirish dasturlariga asosan, UzAssets investitsiya kompaniyasi” AJning 2021-yil 20-oktyabrdagi eʼloniga muvofiq, Qoʻqon mexanika zavodiAJ (keyingi oʻrinlarda – “Jamiyat” yoki “Aktiv”) ustav kapitalidagi 64,08 foiz davlat ulushini xususiylashtirish (keyingi oʻrinlarda – “Bitim”) jarayonlari boshlagan.

Mazkur bitim yuzasidan xususiylashtirish boʻyicha konsultant “Deloitte” halqaro kompaniyasi tomonidan oʻtkazilgan jamiyatning moliyaviy, soliq, huquqiy va ekologik kompleks tahlil (due diligence)lar natijasida mazkur xususiylashtirish jarayonlariga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan muayyan xatarlar aniqlanganligi sababli, ushbu xususiylashtirish jarayonlari vaqtinchalik toʻxtatilgan edi.

Bugungi kunda, yuqorida nazarda tutilgan xatarlar toʻliq bartaraf etilgani sababli, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda – “Davaktiv agentligi”) Jamiyatni xususiylashtirish jarayonini qayta boshlanganligini eʼlon qiladi hamda Aktivni sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish (Express of interest) uchun arizalarni yigʻish bosqichini boshlaydi.

Kompaniya toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot:

Qoʻqon mexanika zavodi AJ - metall sisternalar va konteynerlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Ishlab chiqarish maydoni 12,15 gektar, Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida joylashgan. QMZ mijozlari va hamkorlari orasida “UzTransGaz” AJ, “Xududgaztaʼminot” AJ, “Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ va boshqa koʻplab kompaniyalar bor. Zavodda yangi mahsulot va asbob-uskunalar assortimentini yaratish imkonini beruvchi malakali muhandis va mutaxassislar jamoasi mavjud. Ustav kapitali - 20,1 mlrd. soʻm.

Bitimni amalga oshirish jarayoni:

Sotish jarayoni barcha manfaatdor tomonlar uchun ochiq boʻlgan raqobat tamoyillariga asoslangan xususiylashtirish mexanizmi orqali amalga oshiriladi.

Ishtirokchilardan quyidagi maʼlumotlar bilan sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish (Express of interest) toʻgʻrisidagi arizalarini taqdim etishlari soʻraladi:

  1. Ishtirokchi toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot (shu jumladan, STIR va faoliyat turi);
  2. Ishtirokchi ustav kapitalida 5 foizdan ortiq ulushi mavjud aksiyadorlar/taʼsischilar (egalik ulushi koʻrsatilgan holda) va yakuniy benefitsiarlar toʻgʻrisida maʼlumotlar;
  3. Oxirgi 3 yilgi faoliyati boʻyicha moliyaviy hisoboti (MHXS afzalroq).

Qiziqish bildirish toʻgʻrisidagi ariza Ishtirokchining xohishiga koʻra oʻzbek, rus yoki ingliz tillarida tayyorlanishi mumkin.

Talabgorlar sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish toʻgʻrisidagi arizalarini 2023-yil 29 sentabr soat 18:00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar quyidagi elektron pochta manziliga yuborishlari lozim: jmamadjanov@deloitte.uz

Qabul qilingan arizalar quyidagi mezonlar boʻyicha saralanadi:

  • davlat ulushini sotib olish uchun toʻlovga qobiliyatliligi;
  • xususiylashtirish jarayonida ishtirok etilishini taʼqiqlashi mumkin boʻlgan maʼmuriy, hakamlik yoki boshqa sud jarayonlarining yoʻqligi;
  • Oʻzbekiston Respublikasining 660-II-sonli “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuniga rioya etilishi;
  • Talabgor (konsorsium holatida, konsorsium aʼzolaridan hech biri) va uning tegishli shaxslaridan hech biri Yevropa Ittifoqi va AQSHning, shuningdek yirik xalqaro moliya institutlarining (Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki) sanksiyalari roʻyxatiga kiritilmagan boʻlishi lozim. Shu bilan birga, ariza topshirilgan sanada talabgorlar sanksiyalangan shaxs/(lar) yoki yuqorida aytib oʻtilgan sanksiya organlari tomonidan har qanday ish yoki tergov obyekti/(lar) boʻlmasligi kerak. Shuningdek, talabgorlar (konsorsium holatida, konsorsium aʼzolaridan hech biri) va uning tegishli shaxslaridan hech biri yuqorida aytib oʻtilgan muassasalar va davlatlarning sanksiyalar rejimiga zid boʻlgan har qanday faoliyatga (toʻgʻridan-toʻgʻri yoki biron bir shoʻba korxonasi orqali) jalb etilmagan boʻlishlari lozim va Talabgor (konsorsium holatida, konsorsium aʼzolaridan hech biri), shuningdek uning tegishli shaxslaridan birortasining asosiy moliyalashtiruvchi tomonlari yoki kreditorlari sanksiyadagi shaxslar yoki sanksiyadagi shaxslarga tegishli boʻlgan yoki ular tomonidan egalik va nazorat qilinadigan banklar yoki moliya institutlari boʻlmasligi lozim.

Aktivni sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish (Express of interest) bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlarga xususiylashtirish jarayonlarining keyingi Majburiyatga ega boʻlmagan takliflarni (NBO) qabul qilish bosqichida ishtirok etish uchun taklif qilinadi va ularga ushbu bosqich jarayonlari toʻgʻrisidagi xat (Process Letter) yuboriladi.

Shu bilan birga, xususiylashtirish jarayonlarida kelgusidagi oʻz ishtirokini tasdiqlash uchun, ushbu talabgorlar bilan Axborotlarni oshkor etmaslik toʻgʻrisidagi bitim (NDA)ni imzolash taklif etiladi, soʻngra ularga maslahatchi tomonidan tayyorlangan Kompaniyani sotib olish narxi boʻyicha indikativ majburiyatga ega boʻlmagan takliflarni tayyorlash uchun zarur boʻlgan axborotni oʻz ichiga olgan dastlabki maʼlumotlar toʻplami (Information Memorandum) bilan tanishish imkoniyati beradigan virtual maʼlumotlar xonasi (VDR)ga kirish imkoniyati beriladi.

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun yuqorida keltirilgan aloqa kanaliga murojaat qilishingiz mumkin.

Diskleymer

Davaktiv agentligi sotish jarayonining ketma-ketligini oʻzgartirish yoki potensial xaridorga (xaridorlarga) sotishni yoki sabablarini tushuntirmasdan istalgan vaqtda ular bilan muzokara olib borishni rad etish huquqini oʻzida saqlab qoladi.

Ushbu eʼlon yoki uning mazmunining biron-bir qismi mazkur eʼlon chop etilishidan kelib chiqib taxmin qilinishi mumkin boʻlgan Davaktiv agentligi, "DELOITTE" va Kompaniyani sotish bilan bogʻliq biror-bir shakldagi majburiyati sifatida talqin qilinmasligi kerak. Davaktiv agentligi va "DELOITTE" oʻz xohishiga koʻra har qanday vaqtda va har qanday holatda, birgalikdagi yoki shaxsiy javobgarlikni oʻz zimmalariga olmasdan:

(i) arizalar berish muddatiga oʻzgartirish kiritish;

(ii) turli xil manfaatdor shaxslar uchun turli xil tartib-qoidalar boʻyicha ish tutish va/yoki Davaktiv agentligi, Kompaniya va "DELOITTE" tomonidan koʻzda tutilgan reja-jadval va tartib doirasida istalgan boshqa potensial xaridorni (xaridorlarni) oldinan ogohlantirmasdan chiqarib tashlagan holda bir yoki bir nechta potensial xaridorlar bilan muzokaralar olib borish;

(iii) har qanday sababga koʻra sotish jarayonini toʻxtatish;

(iv) istalgan vaqtda va sabablarni tushuntirmasdan Bitimga taalluqli boʻlgan har qanday potensial xaridor (xaridorlar) bilan har qanday muhokama va muzokaralarni tugatish huquqlarini oʻzida saqlab qoladi.

543 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech