Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

10 May 2020

Normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’siri baholanmoqda

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktabr "Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"dagi 215-son qarori tartibga solish ta’sirini baholash (TSTB)dan o‘tkazilmoqda.

TSTB doirasida davlat korxonalari to‘g‘risida, korxonalardagi ichki audit xizmati to‘g‘risida, davlatga tegishli aksiya paketlarni (ulushlarni) ishonchli boshqaruvga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarda qo‘yilgan talablarining ushbu korxonalar faoliyatiga ta’siri baholanmoqda.

Baholash natijalariga ko‘ra, ko‘zlangan maqsadlarga erishilmagan va samarasiz yoki samaradorligi past bo‘lgan talab va tartiblarni o‘zgartirish yoki bekor qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi hamda TSTB hisoboti Davaktiv agentligining rasmiy veb-saytiga yuklandi.

Mazkur qaror bo‘yicha Davaktiv agentligi tomonidan tayyorlangan TSTB hisoboti bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

Normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish taʼsirini baholash hisoboti havolasi

Ushbu TSTB hisoboti yuzasidan taklif va mulohazalaringizni Davaktiv agentligining research@davaktiv.uz elektron pochta manziliga hamda maxsus +99890-186-39-46 (Butaboyev Mexriddin) aloqa raqamiga yuborishingiz mumkin.

148 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech