Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

21 Noyabr 2023

“Biokimyo” AJning ustav kapitalidagi 51 foiz davlat aksiyalar paketini sotish bo‘yicha kelishuvga erishildi

Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, “Biokimyo” AJ (keyingi o‘rinlarda - Korxona) ustav kapitalidagi 51 foiz davlat aksiyalar paketi xususiylashtirish bo‘yicha professional konsalting kompaniyasini jalb qilgan holda sotilishi belgilangan. 

Shunga ko‘ra, Abrau Capital kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda – Konsultant) tanlov asosida xususiylashtirish bo‘yicha konsultant sifatida jalb qilingan.

Konsultant tomonidan xususiylashtirish jarayoni doirasida ham mahalliy, ham xalqaro darajada keng ko‘lamli marketing ishlari amalga oshirildi, jumladan investisiya tizerlari konsultantning investorlar tarmog‘i orqali salohiyatli investorlarga (investor sounding) yuborildi.

Natijada 3 ta investorlardan sotib olish bo‘yicha qiziqish to‘g‘risidagi arizalar (Express of Interest) kelib tushdi.

Talabgorlar xususiylashtirish jarayonida ishtirok etilishini ta'qiqlashi mumkin bo‘lgan ma'muriy, hakamlik yoki boshqa sud jarayonlarining yo‘qligi hamda Yevropa Ittifoqi va AQShning, shuningdek yirik xalqaro moliya institutlarining sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilmaganligi yuzasidan o‘rganilgan.

Barcha talabgorlar xususiylashtirish jarayonining keyingi bosqichi – Majburiyatga ega bo‘lgan takliflar (BO)ni taqdim etish bosqichiga taklif etildi. Ushbu bosqichda talabgorlar bilan Axborotni oshkor etmaslik to‘g‘risidagi bitim (NDA) imzolanib, Konsultant tomonidan tayyorlangan Korxonaning moliyaviy, soliq, huquqiy va ekologik faoliyati yuzasidan kompleks tahlil (due diligence) hisobotlari joylangan virtual ma'lumotlar xonasi (VDR)ga kirish imkoniyati yaratildi. Shu bilan birga, barcha talabgorlarga Korxonaning boshqaruv organi bilan uchrashuvlar tashkil etish hamda Korxona bilan tanishish imkoniyati yaratildi.

Qayd etish joizki, kelib tushgan takliflar orasida eng yuqori narx taklifini bildirgan, kelajakda jamiyat faoliyatini barqaror rivojlanishini ta'minlay oladigan va ishlab chiqarish jarayonlarini to‘liq davomiyligini shakllantirishga salohiyatli bo‘lgan “Mega comfort business” MChJ, “Biokimyo” AJ ustav kapitalidagi 51 foiz davlat aksiyalar paketini sotib olish uchun qo‘yilgan talablarga to‘liq javob bergan va 118,0 mlrd.so‘m sotib olish to‘lovi bilan g‘olib deb topilgan.

Shu bilan birga, Xaridorning narx taklifi konsul'tant tomonidan hisoblangan Korxonaning sotilishi mumkin bo‘lgan indikativ narxlar oralig‘ida joylashgan hamda mustaqil baholovchi tomonidan Korxonaning baholangan qiymatidan yuqori.

Korxonani xususiylashtirish natijalari Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasining tegishli qarori bilan ma'qullangan.

Ma'lumot uchun: “Mega comfort business” MChJ Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanida joylashgan, umumiy ovqatlanish va oziq-ovqat yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatadi. Ustav kapitali - 46,4 mlrd.so‘m.

2713 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech