Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

20 Fevral 2024

Boʻsh turgan mulkiy majmua savdo jarayoni toʻgʻrisida axborot

Avval xabar berilganidek, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Buyuk Turon koʻchasi 41-42-uydagi mulkiy majmualar boʻyicha savdo jarayonining birinchi bosqichida quyidagi shartlar boʻyicha:

  • Buyuk Turon koʻchasi 42-uy manzilidagi maʼmuriy bino hamda Buxoro va Buyuk Turon koʻchalari kesishmasidagi 4-qavatli maʼmuriy bino (“A.Navoiy teatri” tomonidagi qismi)ni buzmaslik va tashqi koʻrinishining tarixiy arxitektura qiyofasini saqlab qolish;
  • kelgusida qurilish taʼmirlash va rekonstruksiya ishlarini Madaniy meros agentligi bilan kelishilgan holda amalga oshirish talabi asosida taqdim etilgan eng yaxshi loyiha konsepsiyalari oʻrganib chiqildi.

Jarayonga qiziqish bildirgan 6 ta talabgordan, yuqoridagi shartlarga qatʼiyan rioya etgan holda eng yaxshi loyiha konsepsiyalarini taqdim qilgan 3 ta talabgorlar Xususiylashtirish davlat komissiyasining tegishli qarori bilan ushbu savdo jarayonining navbatdagi bosqichiga oʻtkazildi.

Endi savdo jarayonining navbatdagi ikkinchi bosqichida talabgorlarning tijorat takliflari, yaʼni sotib olish narxi, toʻlov muddati va toʻlov qobiliyati boʻyicha takliflar qabul qilinadi.

Davaktiv agentligi savdo jarayonining ikkinchi bosqichiga oʻtgan talabgorlardan 2024-yil 29-fevral soat 18:00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali qabul qilinishini va natijasi boʻyicha qoʻshimcha axborot berilishini bildiradi.

Ushbu davlat aktivi boʻyicha savdo jarayonlarining mazkur bosqichida ishtirok etgan barcha talabgorlarga Ishchi organ tomonidan individual xabar yuboriladi.

682 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech