Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 660-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga muvofiq, davlat mulkini ijaraga berish tartibi tegishli qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirilib, Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlangan.
Shuningdek, Qarorda:
1) 2024-yil 1-martdan davlat mulkini ijaraga berish shartnomalari boʻyicha ijara toʻlovlarini undirish va uning taqsimotini “E-ijara” elektron dasturi orqali amalga oshirilishi belgilandi.
“E-ijara” elektron dasturi (Soliq qoʻmitasi) davlat mulkini ijaraga berish, ijara shartnomalarini monitoringi va tushumlarni nazorat qilish boʻyicha “online-ijara.uz” axborot tizimi bilan integratsiya qilish topshirilgan.
2) Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga quyidagi hollarda davlat mulkini balansda saqlovchilar mansabdor shaxslarining javobgarligini belgilash yuzasidan taklif kiritish topshirilgan:
- samarali foydalanilmayotgan va boʻsh turgan davlat mulklari haqida maʼlumot taqdim etmaganlik va yashirganlik;
- ijaraga oluvchiga davlat mulkini topshirilishini kechiktirganlik yoki undan foydalanishga toʻsqinlik qilganlik;
- davlat mulkini qonunchilikka zid ravishda ijaraga yoki tekin foydalanishga berganlik.
3) Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq quyidagilar belgilanmoqda:
- davlat mulkini ijaraga berish “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali amalga oshirish;
- ijaraga berilayotgan davlat mulkining hisobini yuritish “online-ijara.uz” axborot tizimi orqali amalga oshirish;
- ijara shartnomasi Davaktiv agentligi va ijaraga oluvchi oʻrtasida elektron shaklda rasmiylashtirish;
- uch oydan ortiq foydalanilmasdan boʻsh turgan davlat mulki balansda saqlovchi roziligisiz ijaraga berish;
- jismoniy shaxslarning onlayn-buyurtmanomasiga asosan maydoni 2 000 metr kvadratgacha boʻlgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri onlayn auksion savdolariga chiqarish;
- ijara toʻlovi miqdorini hisoblash formulasi aniq belgilash;
- ijara toʻlovlarini undirish va taqsimoti Soliq qoʻmitasi tomonidan “E-ijara” elektron dasturi orqali amalga oshirish.