Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

13 Mart 2023

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan davlat mulkini xususiylashtirish va ijaraga berish tartibi takomillashtirildi

Vazirlar Mahkamasining Davlat mulkini xususiylashtirish va ijaraga berish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2023-yil 10-martdagi 100-son qarori bilan davlat aktivlarini savdoga chiqarish tartibi soddalashtirilib, muddatlari qisqartirildi.

Xususan, Davlat ulushlari va ko‘chmas mulk obyektlari “E-auksion” elektron savdo platformasiga chiqarilganda yoki xalqaro audit kompaniyasi baholaganda baholash hisobotini majburiy ekspertizadan o‘tkazish talabi bekor qilindi;

Davlat ko‘chmas mulk obyektlarini savdoga chiqarish 80 kundan 48 kunga, davlat ulushlari 89 kundan 67 kunga qisqartirildi.

Oldi-sotdi shartnomalar va davlat orderlari ERI orqali rasmiylashtiriladi.

Savdolarda davlat ulushi va ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha bir talabgor mavjud bo‘lganda, u bilan shartnoma tuzish amaliyoti bekor qilindi.

Davlat ulushi (aksiya) bo‘yicha xaridorga to‘langan qismiga mutanosib ravishda jamiyat boshqaruvida ishtirok etish va dividend olish huquqi beriladi.

Shuningdek, davlat obyektlarini ijaraga berish muddatlari 1 yildan 3 yilgacha, majburiyat bajarilganda esa 5 yildan 6 yilgacha uzaytirildi.

Shu bilan birga, hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan hududi 2 000 kv.m.gacha bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk ob'ektlarini sotishdan tushumlar ushbu mahalla uchun alohida ochilgan Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasiga to‘liqligicha o‘tkaziladi. Shuningdek, hududi 10 000 kv.m.gacha bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari sotilishidan tushumlarning 90 foizi mahalliy byudjetlarga (45 foizi viloyat byudjetiga, 45 foizi obyekt joylashgan tuman (shahar) byudjetiga) yo‘naltiriladi.

Bundan tashqari, Davaktiv agentligining qaroriga asosan davlat ko‘chmas mulk obyektlari bilan birgalikda avtotransport vosita va asosiy vositalarini xam o‘tkazish tartibi joriy etilmoqda.

2647 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech