Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

20 Iyun 2020

Toshkent shahrida “Sankt-Peterburg” biznes markazi binosini barpo etish loyihasi boʻyicha “Stroyproyekt” MCHJ (Rossiya) bilan kelishuvga erishildi

Joriy yilning 19-iyun kuni Davaktiv agentligi binosida Rossiyaning “Stroyproyekt” MCHJ kompaniyasi hamda Davaktiv agentligi vakillari oʻrtasida davlat-xususiy sheriklik bitimi loyihasi imzolandi.

Mazkur bitimga muvofiq, Toshkent shahri markazida davlat-xususiy sheriklik asosida “Sankt-Peterburg” biznes markazi binosini barpo etish loyihasi amalga oshiriladi, xususan:

 yigirma besh yil muddatga xususiy sherikka 0,20 ga yer maydoni ijaraga berilishi;

– 2025-yil 1-sentyabrga qadar 10,0 mln AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritilishi natijasida pastki qavatlarda xizmat koʻrsatish faoliyatini yoʻlga qoʻyish imkonini beruvchi zamonaviy biznes markaz binosini qurilishi va uning faoliyati yoʻlga qoʻyilishi;

– kamida 150 ta yangi ish oʻrni yaratilishi;

– zamonaviy biznes markaz binosining kamida bir ming kvadrat metr qismiga Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar boshqarmasini joylashtirilish belgilangan.

Maʼlumot uchun: “Stroyproyekt” MCHJ – 1990-yilda tashkil etilgan boʻlib uning bosh ofisi Sankt-Peterburg shahrida joylashgan. Kompaniya – transport infratuzilmasini loyihalash sohasida Rossiyaning yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniyaning asosiy faoliyati avtomobil yoʻllari, koʻprik inshootlari, temir yoʻl infratuzilmasi va aeroport majmualarini kompleks loyihalash, shuningdek qurilishni nazorat qilishdan iboratdir. 1500 tadan ortiq xodimlar mavjud.

520 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech