Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

22 Fevral 2024

“E-auksion” platformasining 2023-yildagi faoliyati natijalari va "E-auksionshop" elektron savdo doʻkoni yuzasidan brifing

YouTube orqali ko'rish uchun havola

Matn:

“E-auksion” elektron savdo platformasi orqali 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar, ularning natijalari hamda dolzarb mavzular boʻyicha qisqacha hisobot bermoqchimiz.

Hisobot davrida platformaga umumiy qiymati 19,7 trln soʻm boʻlgan 336 538 ta lot elektron savdolarga chiqarildi.

Xususan, davlat va davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish va ijaraga berish;

Qishloq xoʻjaligi yer maydonlarini fuqarolarga dehqon xoʻjaligi yuritish uchun hamda yuridik shaxslarga uzoq muddatli ijaraga berish;

Koʻchma savdo obyektlari joylarini tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berish;

Ijro hujjatlari asosida mol-mulklar realizatsiyasi hamda xususiy buyurtmalar boʻyicha elektron-onlayn auksion va tanlovlar tashkil etildi.

Boshlangʻich narxi 8,4 trln soʻm boʻlgan 302 490 ta lot 11,9 trln soʻmga yoki 3,5 trln soʻm qimmatroq narxga sotildi. Xususan:

  • 3 trln 745 mlrd soʻmlik, 1 953 ta davlat aktivlari 4 trln 259 mlrd soʻmga;
  • 782 mlrd soʻmlik, 13 112 ta yer uchastkalari 1 trln 223 mlrd soʻmga;
  • 162 mlrd soʻmlik, 10 663 ta davlat mulki ijarasi 321 mlrd soʻmga;
  • 1 trln soʻmlik, 3 213 ta ijro hujjatlari boʻyicha mulklar 1 trln 251 mlrd soʻmga;
  • 34 mlrd soʻmlik, 332 ta yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish va daryo oʻzanlarini tozalash huquqi 158 mlrd soʻmga;
  • 4,2 mlrd soʻmlik, 17 077 ta koʻchma savdo joylari 28 mlrd soʻmga realizatsiya qilindi.

Bundan tashqari, 2023-yil davomida yangi tartibga asosan normativ qiymati 1 trln 915 mlrd soʻmlik 249 617 ta qishloq xoʻjaligi yer maydonlari elektron tanlovlar orqali mahalliy byudjetga 3 trln 791 mlrd soʻm qoʻshimcha toʻlov toʻlash majburiyati bilan ijaraga berildi.

2023-yil davomida “E-auksion” elektron savdo platformasiga 4 mln 853 ming nafar foydalanuvchi tashrif buyurdi hamda oʻtkazilgan elektron auksion va tanlov savdolarida 799 049 nafar jismoniy va yuridik shaxslar qatnashdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PQ-101-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 526-sonli qaroriga asosan “E-auksionshop” elektron savdo doʻkoni yaratilib, davlat daromadiga olingan mol-mulklarni soddalashtirilgan auksion tamoyillari asosida sotish yoʻlga qoʻyildi. Ushbu elektron doʻkonida xususiy mulkdorlar uchun ham oʻzlariga tegishli mulklarni sotish imkoniyati yaratilgan.

987 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech