Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

05 Yanvar 2020

“Eltech Industrial” texnoparkini boshqarish direksiyasi davlat muassasasi faoliyatini samarali tashkil etish va texnopark faoliyatini boshqarish uchun ushbu sohada ilgʻor tajribaga ega xalqaro konsalting kompaniyasini jalb etish toʻgʻrisida eʼlon

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda Davaktiv agentligi/Buyurtmachi) tegishli texnopark faoliyatini boshqarish dasturlariga muvofiq “Eltech Industrial” texnoparkini boshqarish direksiyasi" davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) faoliyatini samarali tashkil etish va texnopark bosh rejasini ishlab chiqish maqsadida texnopark faoliyatini boshqarish boʻyicha ushbu sohada ilgʻor tajribaga ega xalqaro professional konsalting kompaniyasini (keyingi oʻrinlarda – Konsultant) jalb etish yuzasidan tanlov eʼlon qiladi.

Barcha qiziqish bildirgan talabgorlardan Taklif taqdim etish uchun soʻrovnomaga (RfP) asosan tijorat takliflarini joriy yil 2024-yil 5-aprel kuni soat 18:00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar taqdim etishlarini soʻraymiz.

Agar, birgalikda qoʻshma tijorat taklifi taqdim etilsa, jalb qilingan sherik - konsultantning ham ishini muvofiqlashtirish uchun masʼul boʻlgan va javobgarlikni zimmasiga oladigan asosiy konsultant koʻrsatilishi lozim.

Barcha manfaatdor tomonlar quyidagi axborot kanallari orqali tijorat takliflarini taqdim etishlari soʻraladi (kodlangan holda):

Toʻxtasinov Oʻtkir Tolibjon oʻgʻli - Davlat aktivlarining hisobini yuritish boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari;

Telefon: +998-71-259-22-08;

E-mail: tender@davaktiv.uz

Kompaniyalarning vakillari bilan Bitim boʻyicha ishlar yaqin hamkorlikda, zarur hollarda esa Direksiyada qoʻshimcha loyiha guruhini tuzish orqali amalga oshirilishi mumkinligi maʼlum qilinadi.

Diskleymer:

Mazkur soʻrovnoma tijorat taklifini taqdim etish majburiyati hisoblanmaydi va Buyurtmachiga taklifni qabul qilish yoki shartnoma tuzish majburiyatini yuklamaydi. Shunga koʻra, takliflar uchun ushbu soʻrovnomani eʼlon qilish va/yoki u bilan bogʻliq arizalarni olish, bir yoki bir nechta ishtirokchilar bilan muzokaralar va muhokamalar orqali shartnoma tuzishni nazarda tutmaydi.

Ushbu hujjatda keltirilgan materiallar va maʼlumotlar loyihaning faqat eng muhim tomonlarining dastlabki xulosasi va Konsultantdan xususiylashtirish boʻyicha kutilishi mumkin boʻlgan ishlar hajmi toʻgʻrisida umumiy maʼlumot sifatida xizmat qilishiga moʻljallangan.

Tanlov ishtirokchilari hech narsaga ishonib va bogʻlanib qolishlari kerak emas, tanlov jarayoni bilan bogʻliqlikda buyurtmachi uchun dastlabki taqdimot va takliflarni tayyorlash maqsadida yagona cheklov bundan mustasno.

 

Direksiya faoliyatini samarali tashkil etish va texnopark bosh rejasini ishlab chiqish maqsadida texnopark faoliyatini boshqarish boʻyicha konsultantni jalb qilish yuzasidan taklif taqdim etish uchun soʻrovnoma (RfP)

Kirish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi PQ-15-son qaroriga muvofiq, “Eltech Industrial” texnoparkini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi faoliyatini samarali tashkil etish va texnopark bosh rejasini ishlab chiqish maqsadida texnopark faoliyatini boshqarish uchun ushbu sohada ilgʻor tajribaga ega xalqaro konsalting kompaniyasini tanlov asosida jalb qilish va uning moliyalashtirilishini taʼminlash belgilangan.

Faoliyatini samarali tashkil etish va texnopark bosh rejasini ishlab chiqish jarayonlari Direksiyaning tarmoq va individual xususiyatlaridan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari doirasida eng maqbul xorijiy tajriba asosida tashkil etilishi lozim.

Kompaniyalardan kutilayotgan takliflar tuzilmasi va ularga qoʻyiladigan talablar:

Kompaniyaning (individual arizachi yoki Konsorsium) taklifi oʻzbek tilida tayyorlanishi va quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:

a) kompaniya texnologik va innovatsion loyihalarni boshqarish sohasida yuqori obroʻga ega va elektrotexnika sanoatida muvaffaqiyatli tajribaga ega boʻlishi kerak;

b) xalqaro tajribaga ega kompaniyalarga ustunlik beriladi, bu texnoparkni boshqarishda ilgʻor tajriba va xalqaro standartlarni jalb qilishni taʼminlaydi;

d) direksiyani boshqarish metodologiyasini ishlab chiqish, muassasani boshqarishda koʻmaklashish, moliyaviy barqarorlik yechimlarini qilish va xorijiy investorlarni jalb qilish;

e) direksiyaning kengaytirilgan xududlariga jahon standardlariga mos bosh rejasini ishlab chiqish, energiya samaradorligini oshirish va elektrotexnika sanoatida barqaror rivojlanishga koʻmaklashish rejalarini taqdim etish;

f) jahon bozorida mahsulotlarni ilgʻari surish uchun samarali marketing strategiyasini ishlab chiqish, jahon elektrotexnika sanoati bozorini tahlil qilish, asosiy oʻyinchilarni, tendensiyalarni va potensial bozor imkoniyatlarini va kompaniyaning jahon brendlari bilan hamkorlik va butlovchi qismlarni eksport qilish sohasidagi strategik maqsadlarini aniqlash;

g) direksiyani boshqarish jarayonini tashkillashtirish boʻyicha Kompaniyaning kelgusidagi harakatlar ketma-ketligini va ish koʻlamini oʻz ichiga olgan rejasi. Kompaniyaning tavsiyalari va takliflariga qisqa vaqt ichida tegishli javob berilgan taqdirda, boshqarish jarayonning davomiyligi boʻyicha xulosasi (10 ballgacha);

h) Xizmat haqining qatʼiy qismi yagona raqam shaklida (QQS va boshqa xarajatlar bilan birga) boʻlishi lozim. Agar xizmat haqi narxlar oraligʻida berilgan boʻlsa, unda taklifni baholash uchun uning yuqori chegarasi qabul qilinadi. Qoʻshimcha joriy xarajatlar (xizmat safari, tarjima va boshqalar uchun) belgilangan qatʼiy qismiga kiritilishi kerak (50 ballgacha);

i) shu toifadagi direksiyani doirasida tuzilgan bitimlar yuzasidan Kompaniyalarning ish tajribasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek, 2017-yil 1-yanvar kunidan boshlab hozirgi davrga qadar MDH mintaqasidagi mandatlar toʻgʻrisida maʼlumot (20 ballgacha);

j) loyihani amalga oshirishdan kelib chiqib, Bitimni amalga oshirish yuzasidan ishlarni tashkil etish boʻyicha taklif. Taklif etilgan Bitimga jalb qilingan jamoa haqida maʼlumot, shaxslarning (jismoniy va yuridik) ismlari va ular haqidagi maʼlumotlar: ish tajribasi, faoliyat muddati, bitimlar tuzish boʻyicha umumiy tajriba va ularni amalga oshirish boʻyicha malakasi (20 ballgacha);

k) qoʻyilgan vazifalarni bajarish uchun yetarli salohiyat va vakolatga egaligi, shuningdek, inson, vaqt va moddiy resurslarning mavjudligi toʻgʻrisida yozma ariza;

l) manfaatlar toʻqnashuvi mavjudligi haqida maʼlumot. Maslahatchi ushbu savdoga jalb qilingan taqdirda ziddiyatlar olib kelishi mumkin boʻlgan hollarda potensial bitim boʻyicha salohiyatga ega ekanligini koʻrsatish.

Faoliyatini samarali tashkil etish va texnopark bosh rejasini ishlab chiqish jarayonlari direksiya boʻyicha konsultantdan kutilayotgan ishlar hajmi:

I. Elektron qismlarni ishlab chiqarish bozorining tahlili:

  • Oʻzbekistonda va mintaqada sohani rivojlantirishdagi sharoitlarni va bozor tahlili, soha korxonalarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar;
  • elektrotexnika sohasidagi tadqiqotlarda ishtirok etish, yangi texnologiyalar va mahsulotlarni joriy etish qobiliyati;
  • integratsiyalashgan YERP: barcha biznes jarayonlarini resurslar, moliya, ishlab chiqarish va ombor operatsiyalarini boshqarish uchun yagona raqamli platformaga birlashtirgan tizimni joriy etish;
  • direksiyalarni boshqarish, xavfsizlik va energiyani tejash sohasidagi barcha mahalliy va xalqaro qoidalar va standartlarga muvofiqligini taʼminlash;
  • boshqarish qobiliyati va jahon savdosiga bogʻliq valyuta oʻzgarishi va boshqa omillar bilan bogʻliq xavlarni tahlil qilish hamda amalga oshirilgan tahlillar asosida direksiyalarni boshqarish jarayonlarini muvaffaqiyatli tashkillashtish uchun lozim boʻlgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.

II. Direksiyani boshqarishdan oldin tayyorlash boʻyicha maslahatlar:

  • Direksiyaning investitsiya jozibadorligini oshirish, eng ilgʻor amaliyotlar va oʻxshash (analog) tahlili asosida tuzilma va boshqaruvni takomillashtirish boʻyicha takliflar;
  • Direksiyaning har tomonlama (soliq , huquqiy, moliyaviy va ekologik) chuqur tahlilini oʻtkazish (due diligence);
  • optimal marketing strategiyasi boʻyicha tavsiyalar, marketing materiallarini tayyorlash (tizer, info-memorandum, jarayon holati boʻyicha xat va boshqalar) va investorlar oʻrtasida axborot materiallarini tarqatish;
  • jamoatchilik bilan aloqa oʻrnatish boʻyicha tavsiyalar taqdimoti, ularning savollariga javoblar;
  • baholash uslubini toʻgʻri tanlash va ularning investorlar uchun dolzarbligini belgilash, narx diapazoni boʻyicha tavsiyarni taqdim etish;
  • investor nuqtayi nazaridan baholashga taʼsir etuvchi asosiy omillar, asosiy koʻrsatkichlar va tahminlarni aniqlash;
  • loyiha doirasida boshqa malakali konsultantlarni jalb etish (zarur boʻlgan hollarda) va ularning ishini muvofiqlashtirish.

III. Bitim jarayoniga hamrohlik qilish:

  • Direksiyani boshqarishga qaratilgan barcha choralarni koʻrish, virtual maʼlumotlar xonasi (VDR)ni tashkil etish;
  • salohiyatli talabgorlar bilan aloqalarni muvofiqlashtirish, shu jumladan, ularning savollariga javoblar berish;
  • barcha zarur hujjatlarni, jumladan, oldi-sotdi shartnoma loyihasini (oʻzbek tiliga tarjimasi bilan, kerak boʻlsa rus va ingliz tillarida ham) tayyorlash bilan birga sotish jarayonida hamrohlik qilish;
  • Bitimni eʼlon qilish va yopishni tashkillashtirish.

(*) Agar ariza konsorsium tomonidan taqdim etilgan taqdirda, konsorsium boʻyicha kelishuvni taqdim etish, shuningdek, muvofiqlashtiruvchi asosiy maslahatchi (odatda konsorsium rahbari deb ataldi) koʻrsatish lozim. Ushbu holatda xizmatlarning umumiy qiymati koʻrsatilishi kerak.

174 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech