Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

12 Oktyabr 2023

Germaniya Federal Moliya vazirligi tomonidan "Davlat aktivlarini boshqarish va xususiylashtirish bo‘yicha Germaniya tajribasi" mavzusida seminar o‘tkazildi

O‘zbekistonda bo‘lib turgan Germaniya Federal Moliya vazirligi departamenti direktori doktor Andreas Kerst boshchiligidagi delegatsiya bilan hamkorlikda Davaktiv agentligi xodimlarining institutsional salohiyatini oshirishga qaratilgan “Davlat aktivlarini boshqarish va xususiylashtirish bo‘yicha Germaniya tajribasi” mavzusidagi amaliy-seminar tashkil etildi.

Mazkur seminarda Davaktiv agentligi xodimlari, jumladan barcha hududiy boshqarmalar va tarkibiy tuzilmalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Seminar ma'ruzachilari sifatida Germaniya Federal Moliya vazirligi departamenti direktori doktor Andreas Kerst, departament direktori o‘rinbosari doktor Frederiku Fruxt va Germaniya Xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) loyiha direktori Doktor Berthold Volberg hamda “Indecon consulting” rahbari Matias Neym ishtirok etdi.

Shu o‘rinda, doktor Andreas Kerst o‘z maruzasida Germaniya Federatsiyasining davlat aktivlarini boshqarish tamoyillari, bunda Korporativ boshqaruv Federal kodeksining asosiy maqsadlari, Federatsiyaning xususiylashtirish siyosatidagi huquqiy asoslari va uning turlari bilan tadbir ishtirokchilarini yaqindan tanishtirib o‘tdi.

Shuningdek, ma'ruzachilar Germaniya Federatsiyasida xususiylashtirish sohasida erishilgan yutuqlar va kamchiliklar, mazkur jarayonda e'tibor qaratilishi lozim va muhim bo‘lgan jihatlar, qolaversa, davlat ishtirokidagi korxonalarni bozor mexanizimiga o‘tkazish qadamlari yuzasidan tajribalari bilan bo‘lishdilar.

O‘z navbatida, ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otgan mazkur seminar savol-javobga boy o‘tdi hamda Davaktiv agentligi xodimlarining kasbiy bilimlarini oshirishda samarali xizmat qildi.

1238 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech