Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

15 Iyul 2022

Geologik qidiruv ishlarini o‘tkazish yuzasidan injiniring kompaniyasi jalb qilinishi bo‘yicha tender e'lon qilindi

Tegishli xususiylashtirish dasturiga muvofiq, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJning (keyingi o‘rinlarda – Jamiyat) ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini xususiylashtirish belgilangan.

Shuningdek, xususylashtirish jarayonlarini muvaffaqiyatli tashkillashtirish hamda Jamiyatning investitsion jozibadorligini yanada oshirish maqsadida, Jamiyatning Tyubegatan kaliyli tuz konlarini xalqaro tan olingan JORC-2012 standartlariga muvofiq mineral resurslar (zaxiralar)ni baholash belgilangan.

Shunga ko‘ra, Jamiyatning Tyubegatan kaliyli tuz konlarini JORC-2012 standartlariga muvofiq baholashdan o‘tkazishda uslubiy ta'minlash bo‘yicha “DMT group” (Germaniya) xalqaro injiniring kompaniyasi jalb qilingan.

Davaktiv agentligi “DMT group” xalqaro injiniring kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan texnik topshiriqqa muvofiq, mineral resurslar va zaxiralarni baholash hamda ishlanmalarning JORC-2012 kodeksi talablariga muvofiq texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha geologik qidiruv ishlarini o‘tkazish uchun injiniring kompaniyasini jalb qilish yuzasidan "UzEx tender" elektron savdo tizimida tender e'lon qilindi.

Ushbu havola orqali mazkur tenderda ishtirok etish tartibi, ishtirokchilarga qo‘yilgan talablar va arizalarni qabul qilish muddatlari bo‘yicha batafsil tanishishingiz mumkin.

 

2267 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech