Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

07 Iyun 2023

Don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari bo‘yicha savdo jarayonlari yuzasidan axborot

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-168-son qarori ijrosi doirasida xususiylashtirilishi belgilangan don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari boʻyicha savdo jarayonlarining birinchi bosqichida talabgorlardan “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron koʻrinishda takliflar qabul qilingan.

Shunga koʻra, joriy yilning 8 iyun kuni soat 16:00da Davaktiv agentligida koʻrib chiqish uchun yetarli taklif shakllangan davlat aktivlari boʻyicha savdo jarayonlarining birinchi bosqichidagi talabgorlarning elektron koʻrinishdagi takliflari ochiladi.

Ushbu jarayonga Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasi (keyinchalik – Xususiylashtirish Davlat komissiyasi) aʼzolari, talabgorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etiladi, shuningdek shaxsan qatnasha olmaydigan talabgorlar uchun videokonferens aloqa vositasi orqali ishtirok etish imkoniyati yaratiladi.

Davlat aktivlari boʻyicha savdo jarayonlarining birinchi bosqichida taklif yuborgan har bir talabgorga Ishchi organ tomonidan individual xabar yoʻllangan.

Ishchi organ oʻz hisobotini tayyorlab, Xususiylashtirish Davlat komissiyasiga koʻrib chiqish uchun taqdim etadi va birinchi bosqich yakunlari boʻyicha maʼlumotlar Davaktiv agentligi tomonidan belgilangan tartibda eʼlon qilinadi.

Oʻz navbatida, savdolarning birinchi bosqichida yagona talabgor tomonidan taklif yuborilganligi hamda taklif kelib tushmaganligi sababli savdosi oʻtkazilmagan don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallarining mulkiy majmualari “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali 15 kun muddatga takroriy savdolarga chiqariladi.

 

Takroriy ommaviy savdolarga chiqariladigan don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari
ROʻYXATI

T/r

Davlat aktivining nomi

Joylashgan hududi

Davlat ulushi (%)

 Don korxonalaridagi davlat ulushi

1.

“Qoraqalpoqdonmahsulotlari” AJ

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
Nukus shahri

80,2

2.

“Konirat un zavodi” AJ

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,

Qungʻirot tumani

95,6

3.

“Asaka don mahsulotlari”AJ

Andijon viloyati,
Asaka tumani

65,8

4.

“Kogondonmahsulotlari” AJ

Buxoro  viloyati,
Kogon shahri

93,0

5.

“Doʻstlikdonmahsulotlari” AJ

Jizzax viloyati,
Doʻstlik tumani

90,2

6.

“Qiziltepa un zavodi” AJ

Navoiy viloyat,
Qiziltepa shahri

93,5

7.

“Xovos don mahsulotlari” AJ

Sirdaryo viloyati,
Xovos tumani

94,2

8.

“Surxondaryodonmahsulotlari” AJ

Surxondaryo viloyati,
Termiz shahri

88,5

9.

“Fargʻonadonmahsulotlari” AJ

Fargʻona viloyati,
Fargʻona shahri

51,0

10.

“Qoʻqon don mahsulotlari” AJ

Fargʻona viloyati,
Qoʻqon shahri

64,3

Don korxonalari filiallari mulkiy majmualari

11.

"Qoʻngʻirot un zavodi" AJning

"Qanlikoʻl gurish" filiali

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
Qanlikoʻl tumani

mulkiy majmua

12.

“Koson don mahsulotlar qabul qilish” MCHJning "Muborak don" filiali

Qashqadaryo viloyati,
Muborak tumani

mulkiy majmua

13.

“Koson don mahsulotlar qabul qilish” MCHJning “Gʻuzor un" filiali

Qashqadaryo viloyati,
Gʻuzor tumani

mulkiy majmua

14.

“Surxondaryodonmahsulotlari” AJning "Alpomish un tegirmon" filiali

Surxondaryo viloyati,
Jarqoʻrgʻon tumani

mulkiy majmua

15.

“Fargʻonadonmahsulotlari” AJning "Margʻilon don" filiali

Fargʻona viloyati,
Margʻilon shahri

mulkiy majmua

665 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech