Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

16 Oktyabr 2023

"O‘ztemiryo‘lkonteyner" AJ ustav kapitalidagi 35 foiz davlat ulushini xususiylashtirish jarayonlari to'g'risida axborot

Temir yoʻl transporti sohasining biznes jarayonlarini raqamlashtirish, boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish va respublikaning tranzit salohiyatidan samarali foydalanish, yuk tashishda tannarx va xarajatlarni kamaytirish maqsadida "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ va uning tizim korxonalari isloh qilinmoqda. Ushbu jarayonda “Oʻztemiryoʻlkonteyner” AJ "Temiryoʻlkargo" AJ sifatida qayta tashkil etilmoqda.

Shunga koʻra, Davaktiv agentligi tomonidan “Oʻztemiryoʻlkonteyner” AJ ustav kapitalidagi 35 foiz davlat ulushini xususiylashtirish jarayonlari toʻxtatilganligi maʼlum qilinadi.

Maʼlumot uchun: ushbu sotish jarayoni boʻyicha avvalgi chop etilgan eʼlonlarda Davaktiv agentligi va uning maslahatchisi sotish jarayonining muddatiga oʻzgartirish kiritish hamda toʻxtatish huquqini oʻzida saqlab qolishi qayd etilganligi eslatib oʻtiladi.

1761 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech