Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

08 Sentyabr 2022

Professional konsalting tashkilot jalb etilishi yuzasidan axborot

Tegishli xususiylashtirish dasturiga muvofiq, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan “CHINOZ NEFTNI QAYTA ISHLASH ZAVODI” MChJning ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini xususiylashtirish bo‘yicha professional konsalting kompaniyasini jalb qilish bo‘yicha tegishli Tanlov e'loniga muvofiq quyidagilar ma'lum qilinadi.

Mazkur tanlov jarayonida, 5 ta professional tashkilotlar, jumladan konsorsium shaklidagi takliflar qabul qilinib, ularning moliyaviy taklifi, sohadagi tajribasi, malakasi va belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha yondashuvlari asosida saralandi.

O‘z navbatida, ushbu jarayonga xorijiy professional konsultantlar bilan bir qatorda ko‘plab mahalliy konsalting kompaniyalari ishtirok etgani mazkur sohada raqobat muhiti yanada oshayotganligini hamda mahalliy bozorda salohiyatli konsalting kompaniyalar soni ortib borayotganligini ko‘rsatadi.

Shunga ko‘ra, saralash natijasida “Mosaic Financial” kompaniyasi xususiylashtirish bo‘yicha konsultant sifatida tanlov g‘olibi deb topildi.

“Mosaic Financial” kompaniyasi mahalliy kapital bozorida investitsiya vositachisi va investitsion aktivlarning ishonchli boshqaruvchisi, shuningdek investitsiya maslahatchisi sifatida faoliyat yuritadi. Shuningdek, Investitsiya institutlari milliy uyushmasi a'zosi xisoblanadi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi jalb etilgan professional konsalting kompaniyasi bilan birga ushbu aktivning raqobat tamoyillariga asoslangan shaffof va muvaffaqiyatli sotilishi uchun barcha choralarni ko‘radi.

 

2340 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech