Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

07 Mart 2023

«Chinoz neftni qayta ishlash zavodi» MChJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini xususiylashtirish jarayoni yuzasidan axborot

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda – Davaktiv agentligi) 23 yanvar 2023 yilda chop etilgan e'longa muvofiq“Chinoz neftni qayta ishlash zavodi” MChJ (keyingi o‘rinlarda - "Kompaniya" yoki "Aktiv")  ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini (keyingi o‘rinlarda – "Bitim") xususiylashtirish jarayonining Aktivni sotib olish bo‘yicha qiziqish bildirish (Express of interest) bosqichi yakunlanganligini va 7 nafar investorlarni keyingi Majburiyatga ega bo‘lmagan takliflar (NBO)bosqichga o‘tganligini ma'lum qilgan edi.

“Mosaic Financial” kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda – Maslahatchi) ushbu Bitim bo‘yicha Davaktiv agentligining xususiylashtirish bo‘yicha yetakchi maslahatchisi sifatida jalb etilgan.

Xususiylashtirish jarayonlarida kelgusidagi o‘z ishtirokini tasdiqlash uchun, ushbu talabgorlar bilan Axborotlarni oshkor etmaslik to‘g‘risidagi bitim (NDA)ni imzolash taklif etilgan, so‘ngra ularga maslahatchi tomonidan tayyorlangan Aktivni sotib olish narxi bo‘yicha indikativ majburiyatga ega bo‘lmagan takliflarni tayyorlash uchun zarur bo‘lgan axborotni o‘z ichiga olgan dastlabki ma'lumotlar to‘plami (Information Memorandum) bilan tanishish imkoniyatini beruvchi virtual ma'lumotlar xonasi (VDR)ga kirish imkoniyati yaratilgan. Ushbu ma'lumotlar to‘plami Aktivning xo‘jalik faoliyatini tavsiflovchi axborotlarni o‘z ichiga olgan.

Natijada, Maslahatchiga belgilangan muddatlarda 6 nafar talabgorlarning Majburiyatga ega boʻlmagan takliflari (NBO) kelib tushgan.

Maslahatchi tomonidan talabgorlar takliflari savdo jarayonining ushbu bosqichida belgilangan talablarga, shu jumladan, ularning moliyaviy koʻrsatkichlari, toʻlovga qobiliyatlilik darajasi oʻrganildi va uning tavsiyasiga asosan 5 nafar talabgorlar savdo jarayonlarining navbatdagi Majburiyatga ega boʻlgan takliflarni (BO) qabul qilish bosqichiga oʻtkazildi.

Majburiyatga ega bo‘lgan takliflar (BO) bosqichiga o‘tgan ishtirokchilarga Maslahatchi tomonidan tayyorlangan moliyaviy, soliq, huquqiy va ekologik bo‘yicha tahliliy hisobotlardan foydalanish imkoniyati beriladi. Bundan tashqari, ishtirokchilar bevosita Kompaniyaga tashrif buyurish va Kompaniyaning boshqaruv organi bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Maslahatchi tomonidan Aktivni sotib olish narxi bo‘yicha Majburiyatga ega bo‘lgan takliflar (BO) 2023 yil 18-aprel kuni soat 18:00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar qabul qilinadi.

Davaktiv agentligi va “Mosaic Financial” kompaniyasi xususiylashtirish jarayoniga qiziqish bildirgan va takliflar topshirgan barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiradi hamda Aktivni sotib olish bo‘yicha Majburiyatga ega bo‘lmagan takliflar bosqichidan muvaffaqqiyatli o‘tgan talabgorlar bilan kelgusidagi jarayon bo‘yicha konstruktiv hamkorlikni shaffof muhitda davom ettiradi.

1444 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech