Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

08 Fevral 2024

Boʻsh turgan sobiq avtojamlanma bino va inshootlarining savdo jarayonlari toʻgʻrisida axborot

Ommaviy savdolarga chiqarilgan Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Mannon Uygʻur koʻchasi, 487a-uy manzilida joylashgan sobiq “2512 Avtojamlanma” DUKning avtobaza bino va inshootlari boʻyicha savdo jarayonining birinchi bosqichi yakunlanib, Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasining tegishli qarori bilan mazkur davlat aktivi boʻyicha savdo jarayonlarining ikkinchi bosqichiga oʻtgan talabgorlar roʻyxati tasdiqlandi.

Ushbu davlat aktivi boʻyicha savdo jarayonlarining mazkur bosqichida ishtirok etgan barcha talabgorlarga Ishchi organ tomonidan individual xabar yuboriladi.

Davaktiv agentligi savdo jarayonlariga qatnashgan barcha talabgorlarga minnatdorchilik bildirib, savdo jarayonlariining ikkinchi bosqichiga oʻtgan talabgorlardan 2024-yil 14-fevral soat 18:00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar tijorat takliflari, yaʼni sotib olish narxi, toʻlov muddati va toʻlov qobiliyati boʻyicha takliflar “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali qabul qilinishini bildiradi.

1004 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech