Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

07 Sentyabr 2022

Don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari boʼyicha savdo jarayonlari yuzasidan АXBOROT

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2022 yil 30 iyuldagi eʼloniga muvofiq talabgorlardan “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron koʼrinishda takliflar qabul qilingan.

Shunga koʼra, joriy yilning 8 sentyabr kuni soat 16:00da Davaktiv agentligida koʼrib chiqish uchun yetarli taklif shakllangan davlat aktivlari boʼyicha savdo jarayonlarining birinchi bosqichidagi talabgorlarning elektron koʼrinishdagi takliflari ochiladi.

Ushbu jarayonga Davlat tender komissiyasi aʼzolari, talabgorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etiladi, shuningdek shaxsan qatnasha olmaydigan talabgorlar uchun talabgorlar uchun videokonferens aloqa vositasi orqali ishtirok etish imkoniyati yaratiladi (https://us02web.zoom.us/j/82999698742).

Ishchi organ oʼz hisobotini tayyorlab, Davlat tender komissiyasiga koʼrib chiqish uchun taqdim etadi va birinchi bosqich yakunlari boʼyicha maʼlumotlar Davaktiv agentligi tomonidan belgilangan tartibda eʼlon qilinadi.

Oʼz navbatida, savdolarning birinchi bosqichida yagona talabgor tomonidan taklif yuborilganligi hamda taklif kelib tushmaganligi sababli savdosi oʼtkazilmagan don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallarining mulkiy majmualari bo'yicha “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali takliflarni qabul qilish 15 kun muddatga uzaytiriladi.

2255 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech