Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

24 Iyun 2024

Iqtisodiyot sektorlarida xususiylashtirish darajasini baholash metodologiyasini ishlab chiqish boʻyicha konsalting kompaniyasini jalb qilish uchun arizalarni qabul qilish muddati uzaytirildi

Davaktiv agentligining joriy yil 24-maydagi xususiylashtirish va iqtisodiyotda xususiy sektor ishtirokini oshirish boʻyicha respublika va mahalliy hokimiyat organlari, shuningdek, davlat ishtirokidagi korxonalarga yuklatilgan vazifalar holatini baholash metodologiyasini ishlab chiqish uchun professional konsalting kompaniyasini jalb qilish boʻyicha tanlov eʼloniga muvofiq, quyidagilar maʼlum qilinadi.

Davaktiv agentligi mazkur tanlov jarayoniga qiziqish bildirayotgan konsalting kompaniyalarning murojaatlariga muvofiq ularga malakaviy tayyorgarlik koʻrishga qoʻshimcha imkoniyat yaratish, mazkur jarayonlarni yanada shaffof va raqobat muhitida oʻtkazish, shuningdek qoʻshimcha salohiyatli talabgorlarni jalb qilish maqsadida, arizalarni qabul qilish muddati 2024-yil 8-iyul kuni soat 18:00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar uzaytirilganligi maʼlum qiladi.

Avvalgi chop etilgan Aktivlarni xususiylashtirish va iqtisodiyotda xususiy sektor ishtirokini oshirishda respublika va mahalliy hokimiyat organlari, shuningdek, davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan amalga oshirilgan ishlarni baholash metodologiyasini ishlab chiqish boʻyicha konsultant jalb qilish yuzasidan taklif taqdim etish uchun soʻrovnoma (RfP)ning qolgan barcha maʼlumotlari oʻzgarishsiz qolmoqda.

Qoʻshimcha maʼlumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

724 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech