Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

21 Iyun 2024

20-iyun sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

547 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 68,7 mlrd so'm bo'lgan 465 ta lot 84,5 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 34 ta
  • boshlang'ich narxi 16,9 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 23,3 mlrd so‘m
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 3,9 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi bo‘sh turgan bino 6,9 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:
  • soni 4 ta
  • boshlang'ich narxi 4,7 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 4,9 mlrd so‘m
Andijon viloyati Andijon shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 3,8 mlrd so‘m bo‘lgan "Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ balansidagi savdo, maishiy xizmat ko'rsatish va mehmonxona bino-inshootlari 3,9 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 8 ta
  • boshlang'ich narxi 166 mln so‘m
  • sotilgan narxi 511 mln so‘m
Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 51,9 mln so‘m bo‘lgan "Fizika-Quyosh" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi Fizika-texnika instituti balansidagi bino qismi 57,2 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 210 ta
  • boshlang'ich narxi 42,7 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 47,4 mlrd so‘m
  • yer maydoni 45,7 ga
Samarqand viloyati Samarqand tumanidan boshlang‘ich narxi 2,3 mlrd so‘m bo‘lgan ofis binolari qurish uchun 5,8 gektar yеr uchastkasi 3,3 mlrd so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 118 ta
  • boshlang'ich narx 1,4 mlrd so'm
  • sotilgan narx 4,4 mlrd so'm
  • yer maydoni 175 ga
O'tkazilgan savdolarda 1 166 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 11,6 trln so'm bo'lgan 147 344 ta lot savdoga qo'yilgan.
710 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech