Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

09 Fevral 2024

8-fevral sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

375 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 40,2 mlrd so'm bo'lgan 189 ta lot 49,2 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 26 ta
  • boshlang'ich narxi 33,6 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 40,5 mlrd so‘m
Qashqadaryo viloyati G'uzor tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 4,1 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi balansidagi parrandachilik kompleksi bino-inshootlari 9,2 mlrd so'mga sotildi.
 
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 14 ta
  • boshlang'ich narxi 63,6 mln so‘m
  • sotilgan narxi 69,9 mln so‘m
Yer uchastkalari:
  • soni 47 ta
  • boshlang'ich narxi 707,1 mln so‘m
  • sotilgan narxi 883,3 mln so‘m
  • yer maydoni 8 ga
Toshkent viloyati Nurafshon shahridan boshlang'ich narxi 16,2 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 70 metr kvadrat yеr uchastkasi 132,7 mln so‘mga sotildi.
 
Sud va boshqa organlar ijro hujjatlari bo'yicha:
  • soni 6 ta
  • boshlang'ich narxi 753 mln so‘m
  • sotilgan narxi 997,3 mln so‘m
Qoraqalpog'iston Respublikasi Taxiatosh tumanidan boshlang'ich narxi 85,8 mln so'm bo'lgan do'kon 278 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo shoxobchalari:
  • soni 25 ta
  • boshlang'ich narxi 6,7 mln so‘m
  • sotilgan narxi 72,3 mln so‘m
Andijon viloyati Ulug'nor tumanidan boshlang'ich narxi 0,4 mln so'm bo'lgan ko'chma savdo joyi 35,2 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 30 ta
  • yer 143,96 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 2,6 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 1,2 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 551 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,4 trln so'm bo'lgan 110 903 ta lot savdoga qo'yilgan.
789 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech