Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

31 Avgust 2023

Sud boshqaruvchilariga malaka attestatini berish xizmati my.gov.uz portali orqali amalga oshirilishi yoʻlga qoʻyildi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-sentabrdagi 765-son qarori bilan tasdiqlangan Sud boshqaruvchilari, ularni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish va malaka attestatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, sud boshqaruvchilarini attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish va malaka attestatini berish xizmati Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari markazi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o'rinlarda - YIDXP) (my.gov.uz) orqali amalga oshirilishi yoʻlga qoʻyildi.

Sud boshqaruvchilarning attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish va malaka attestatini berish boʻyicha arizalari Davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etilganda toʻlanadigan yigʻim miqdori - 330 000 soʻm (BHMning bir baravari)ni, YIDXP orqali topshirilganda - 297 000 soʻm (0,9 BHM)ni tashkil etadi.

Sud boshqaruvchilarning arizalari 3 ish kunida koʻrib chiqiladi.

Barcha toifadagi attestatlar 5 yil muddatga amal qiladi.

Mazkur xizmat toʻliq raqamlashtirilgan boʻlib, quyidagi keltirilgan hujjatlar “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda davlat tashkilotlaridan (foydalanuvchidan emas) soʻrab olinadi. Xususan:

  1. Xorijiy taʻlim muassasasidan olingan diplom nostrifikatsiya qilinganligi boʻyicha guvohnoma;
  2. Sud boshqaruvchisini tayyorlash oʻquv kursini oʻtaganligi toʻgʻrisida guvohnoma;
  3. Fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish boʻyicha advokat litsenziyasi.
879 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech