Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

24 Noyabr 2023

"Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida"gi Qonuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan maʼqullandi

Bugun Oliy Majlis Senatining 47-yalpi majlisida “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonun muhokama qilinib, natijasi boʻyicha maʼqullandi.

Taʼkidlash joizki, mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 5-sentabrda qabul qilingan.

Qonunning asosiy jihatlari:

  • 1991-yilda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonundan tubdan farq qiladi;
  • amaldagi qonunda belgilanmagan elektron-onlayn auksion va birja, shuningdek, professional konsultantlarni jalb etgan holda muzokaralarga ommaviy taklif qilish, raqobatga asoslangan muloqot asosida sotish va korxonalarni keyinchalik sotish sharti bilan ijaraga berish kabi xususiylashtirishning zamonaviy 8 ta usullari kiritilgan;
  • ochiqlik va shaffoflik, hisobdorlik, teng raqobat muhitini taʼminlash tamoyillari, shuningdek, savdolarni oʻtkazish hamda toʻlovlarni amalga oshirish tartibi va shartlari belgilangan.

Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga imzolash uchun yuboriladi hamda rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.

3065 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech