Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

16 Noyabr 2022

“Qizilqum Fosforit Kompleksi” MChJni xususiylashtirish bo‘yicha professional konsalting kompaniyasini jalb qilish yuzasidan arizalarni qabul qilish muddati uzaytirildi.

Davaktiv agentligining joriy yil 3 noyabrdagi “Qizilqum Fosforit Kompleksi” MChJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini xususiylashtirish bo‘yicha professional konsalting kompaniyasini jalb qilish yuzasidan tanlov eʼloniga muvofiq quyidagilar maʼlum qilinadi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Qizilqum Fosforit Kompleksi” MChJni xususiylashtirish bo‘yicha professional konsalting kompaniyasini jalb qilish yuzasidan qiziqish bildirayotgan konsalting kompaniyalarning murojaatlariga muvofiq ularga malakaviy tayyorgarlik ko‘rishga qo‘shimcha imkoniyat yaratish, mazkur jarayonlarni yana-da shaffof va raqobat muhitida o‘tkazish, shuningdek qo‘shimcha salohiyatli talabgorlarni jalb qilish maqsadida, arizalarni qabul qilish muddatini 2022 yil 22 noyabr kuni soat 18:00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar uzaytirilganligini maʼlum qiladi.

Avvalgi chop etilgan “Qizilqum Fosforit Kompleksi” MCHJni xususiylashtirish bo‘yicha professional konsalting kompaniyasini jalb qilish yuzasidan Taklif taqdim etish uchun so‘rovnoma (RfP)ning qolgan barcha maʼlumotlari o‘zgarishsiz qolmoqda.

 Qo‘shimcha maʼlumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

1804 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech