Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

15 Sentyabr 2022

Professional konsalting tashkilot jalb etilishi yuzasidan axborot

Tegishli xususiylashtirish dasturiga muvofiq, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan “UZ-DONGJU PEINT KOMPANI” MChJ QKning ustav kapitalidagi 50 foiz aksiyalar paketini xususiylashtirish jarayonlariga professional konsalting kompaniyasini jalb qilish bo‘yicha tegishli Tanlov e'loniga muvofiq quyidagilar ma'lum qilinadi.

Mazkur tanlov jarayonida, 2 ta professional tashkilotlar, jumladan konsorsium shaklidagi takliflar qabul qilinib, ularning moliyaviy taklifi, sohadagi tajribasi, malakasi va belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha yondashuvlari asosida saralandi.

Saralash natijasida, Rezolut kompaniyasi tomonidan Dentons yuridik firmasi bilan konsorsium shaklida bergan taklifi eng maqbul deb topilib, xususiylashtirish bo‘yicha konsultant sifatida tayinlandi.

Rezolut kompaniyasining asosiy faoliyati konsalting, kompaniyalarning xalqaro va mahalliy biznes faoliyatini kompleks qo'llab-quvvatlash, shuningdek, tijorat nizolarini hal qilish hisoblanadi. Asosiy mijozlari: davlat tashkilotlari, ishlab chiqarish va qurilish korxonalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqalar.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi jalb etilgan professional konsalting kompaniyasi bilan birga ushbu aktivning raqobat tamoyillariga asoslangan shaffof va muvaffaqiyatli sotilishi uchun barcha choralarni ko‘radi.

3328 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech