Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

18 Avgust 2022

“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Oʼzbekiston Respublikasining Qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-avgust kuni “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi.

Qonun imzolanishidan avval, joriy yilning 4-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida davlat xizmatini isloh qilish va boshqaruvda natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida “ushbu Qonunning qabul qilinishi tarixiy voqea bo‘lib, ushbu masala qariyb 30 yildan beri keyinga surilib kelinayotganligini, uning qabul qilinishi esa 35 million aholining hayotini yengil qilishini, kayfiyatiga bevosita taʼsir ko‘rsatadigan dasturamal” bo'lishini taʼkidlab o'tgan edilar.

Qonunda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi davlat fuqarolik xizmati sohasidagi maxsus “vakolatli organ” etib belgilangan bo‘lib, Qonunning mohiyati va ahamiyatini aholi  o'rtasida tushuntirilishini taʼminlash vazifasi yuklatilgan.

Shu munosabat bilan, 17-avgust kuni Davaktiv agentligi binosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining masʼullari tomonidan seminar tadbiri o'tkazildi.

Seminarda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Аgentlik huzuridagi Bo'sh turgan obʼektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi markaziy apparati, shuningdek hududiy boshqarmalarda faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirok etdi.

Tadbirda maʼruzachilar tomonidan, Qonunni ishlab chiqish jarayonida xorij tajribasi va xalqaro ekspertlarning fikr-mulohazalariga inobatga olinib, АQSh, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Frantsiya kabi 10 ortiq rivojlangan mamlakatlar, MDX davlatlari va boshqalarning tajribalari oʼrganilganligi, mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda ikki yil davomida chuqur muhokamalardan so‘ng qabul qilinganligi;                                                                                                                     

Qonun Davlat organlari va tashkilotlarida mehnat qilayotgan 118 ming nafardan ortiq davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy maqomini belgilovchi hamda ular faoliyatini yagona qoidalar asosida tartibga soluvchi yagona xujjat ekanligi taʼkidlab o'tildi.

Qonunda Davlat fuqarolik xizmatchisi huquqlari, majburiyatlari, javobgarligi, davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog'liq cheklovlar, fuqarolik xizmati sohasida korrupsiyaning oldini olish chora-tadbirlari, manfaatlar to'qnashuvi, Davlat xizmatchilarining axloqiy xulq-atvori qoidalari belgilab qo'yilmoqda.

“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida 10 ta bob, 64 ta modda bo‘lib, u matbuotda eʼlo n qilingan kundan 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Tadbir so'ngida Qonun osti xujjatlarini ishlab chiqish, davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining malaka darajalarini berish tartibi va boshqa savollarga javob olindi hamda tizim xodimlari bilan kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar belgilab olindi.

 

 

 

 

3721 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech