Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

02 Mart 2023

Tadbirkorlik subyektlariga bir qator imtiyozlar berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Havo harorati keskin sovib ketishining iqtisodiyotga salbiy ta’sirini kamaytirish uchun tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-43-son qarori bilan, mamlakatimizda joriy qish mavsumida kuzatilgan anomal sovuq tufayli havo haroratining keskin tushib ketishi oqibatida qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va faoliyatini jadal qayta tiklash borasida ularga bir qator imtiyozlar berildi.

Xususan, qarorga muvofiq:

  1. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olingan davlat aktivlari bo‘yicha 2022-yil dekabr va 2023-yil yanvar oylarida to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lovlar, shu jumladan dastlabki to‘lov to‘lanmaganligi uchun foizlar va penyalar hisoblash 2023-yil 1-aprelga qadar to‘xtatib turilishi belgilandi;
  2. Davlat mulkini ijaraga olgan tadbirkorlik subyektlariga:
    • 2022-yil dekabr va 2023-yil yanvar-fevral oylarida davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovlarini 2023-yil 1-martdan boshlab 1-iyulga qadar teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berildi, bunda 2022-yil dekabr va 2023-yil yanvar-fevral oylarida to‘lanmagan ijara to‘lovlari uchun penyalar hisoblanmaydi;
    • davlat mulkidan foydalanish yuzasidan 2022-yildan buyon amalda bo‘lgan ijara shartnomalari bo‘yicha ijara to‘lovlari miqdorini 2023-yil 1-aprelga qadar o‘zgarishsiz qoldirish imkoniyati yaratildi.

Yuqorida keltirilgan imtiyozlardan foydalanish uchun tadbirkorlar bilan davlat aktivi oldi-sotdisi yoki ijarasi yuzasidan shartnomaviy munosabatga kirishgan Davaktiv agentligining tizim tashkilotlariga murojaat qilishlari mumkinligi bildiriladi.

Murojaat uchun:

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

"Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi" DUK

Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi

2437 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech