Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

10 Oktyabr 2022

"Ipak yoʼlidagi korporativ boshqaruv" Direktorlarining birinchi xalqaro biznes sammitida Davaktiv agentligi vakillari ishtirok etishdi

Joriy yilning 7 oktabr kuni Toshkent shahrida korporativ boshqaruvni rivojlantirishda davlat, investorlar va biznesning rolini muhokama qilishga qaratilgan "Ipak yoʼlidagi korporativ boshqaruv" Direktorlarining birinchi xalqaro biznes sammiti boʼlib oʼtdi.

Sammitdan koʼzlangan asosiy maqsad, Markaziy Osiyo va “Ipak yoʼli” davlatlarida korporativ boshqaruv sohasida erishilgan yutuqlar va amaliyotlar bilan oʼzaro tajriba almashish, kompaniyalar kuzatuv kengashlari (direktorlar kengashlari)dagi holat, ular faoliyatidagi tendentsiyalarni oʼrganishdir.

Shuningdek mazkur sammitda, Davaktiv agentligi direktori oʼrinbosari Аlisher Miraliev ham maʼruza qildi va Oʼzbekiston Respublikasida korporativ boshqaruvning rivojlanishi asoslari, sohada normativ-huquqiy bazani takomillashtirib borilishi, davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga boshqaruvning zamonaviy amaliyotlarini joriy qilish toʼgʼrisida maʼlumot berdi.

 

Xususan, 2021-2025 yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasi talablarini davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga joriy etish, Strategiya bilan ularning boshqaruv va nazorat organlari aʼzolari faoliyati samaradorligini, masʼuliyatini oshirish boʼyicha koʼzda tutilgan yangiliklar bilan tanishtirib oʼtildi.

Oʼz navbatida, soʼnggi yillarda davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish, davlat ishtirokidagi korxonalarni transformatsiya qilish, ularning kuzatuv kengashlari va boshqaruviga mustaqil aʼzolarni, malakali, xalqaro tajribaga ega boʼlgan mutaxassislarni jalb qilish borasidagi tajriba bilan fikr almashildi.

Shu bilan birga, Oʼzbekistonda davlat ishtirokidagi korxonalarni transformatsiya qilish, ularning boshqaruv tizimini rivojlantirishning ustuvor yoʼnalishlari, korporativ boshqaruvni takomillashtirishdagi ustuvor vazifalar hamda kelgusi yil rejalari haqida soʼz olib borildi.

Sammit tashkilotchilari (Ipak yoʼli kengashi va boshqaruv instituti (SR BGI), Oʼzbekistondagi KPMG kompaniyasi, Xalqaro Moliya korporatsiyasi (IFC), Professional direktorlar uyushmasi (ADI) va TEAM universiteti) Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasi mamlakatlari iqtisodiyotlari yuksalgan davrda davlat va xususiy kompaniyalarida korporativ boshqaruvning eng yaxshi amaliyotlarini, har bitta davlatning iqtisodiyoti modeli va rivojlanish darajasini inobatga olgan holda, takomillashtirib borilishiga ishonch bildirishdi.

1641 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech