Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

02 Noyabr 2020

"Kapitalni jalb qilish uchun moliyaviy modellashtirish" mavzusida seminar o'tkazildi

 

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Abrau Capital” xalqaro konsalting kompaniyasi bilan birgalikda joriy yilning 2 noyabr kuni Agentlik xodimlari uchun “Kapitalni jalb qilish uchun moliyaviy modellashtirish” mavzusida trening tashkil qildi. Treningni Abrau Capital hamkori Armanbay Djubayev olib bordi.

 

Maʼlumot uchun: Armanboy Djubayev AQSH, Rossiya va Qozog‘istonda boshqaruv konsaltingi, strategiya, samaradorlikni oshirish va moliyaviy modellashtirish sohalarida 20 yildan ortiq tajribaga ega. A. Djubayev Qozog‘istondagi “Kazaktelekom” AJ va “Samruk-Energo” AJning mustaqil direktori. Maʼruzachi Kaliforniyaning Berkli universitetida MBA darajasini olgan va 2012 yildan buyon CFA aʼzosi hisoblanadi.

 

Seminar ishtirokchilari tadbir davomida investitsiya loyihalarini tanlashni, aktivning raqobatdosh ustunligi, moliyaviy tuzilma va portfel yondashuvi tushunchalarini o‘rgandilar.

Shu bilan birga, A. Djubayev aktivning baholanishini aniqlash uchun “noldan” moliyaviy modelni yaratish bo‘yicha praktikum o‘tkazdi. Praktikumdan so‘ng seminar ishtirokchilari O‘zbekiston va MDH mamlakatlarida aktivlarni baholashda farazlar va ko‘paytmalardan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha faol munozaralar olib bordilar.

Tadbir yakunida ishtirokchilar davlat aktivlarining investitsion jozibadorligini oshirish uchun moliyaviy modellar va tutqichlarni yaratish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lganliklarini taʼkidladilar.

972 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech