Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

31 Dekabr 2022

Sizni Yangi 2023 yil bilan samimiy muborakbod etamiz!

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi jamoasi nomidan Sizni Yangi 2023 yil bilan samimiy qutlaymiz!

Yurtimizda xususiylashtirish jarayonlariga oshib borayotgan e’tibor, bu yo’nalishdagi islohotlar, jarayonlarning ochiqligi va shaffofligi, mulkdorlar soni xalqimiz orasida ko’payib borayotgani davlat Rahbarining O’zbekiston xalqiga Murojaatnomasida Mening katta niyatim - yurtdoshlarimiz orasida yuz minglab mulkdorlar, aksiyadorlar paydo bo’lsin va Xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va qudratli bo’ladi so’zlari orqali o’z tasdig’ini topdi.

Aziz hamkasblar va yurtdoshlar, xalq va davlat manfaatlari yo‘lida amalga oshirilayotgan samarali mehnatlaringiz yurt taraqqiyotiga xizmat qilishida tilakdoshmiz.

Yangi yilda Sizga baxt-saodat, mustahkam sog‘lik va ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin.

Yangi 2023 yil bilan barchalaringizni samimiy muborakbod etamiz!

1623 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech