Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

09 Iyul 2024

“Milliy banklararo protsessing markazi” AJni xususiylashtirish boʻyicha konsultant tanlab olindi

Davaktiv agentligining “Milliy banklararo protsessing markazi” AJ (HUMO)ning ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini (keyingi oʻrinlarda - Aktiv) xususiylashtirishni tashkillashtirish uchun professional konsalting kompaniyasini (keyingi oʻrinlarda – Konsultant) jalb etish yuzasidan tanlov eʼloniga muvofiq, quyidagilar maʼlum qilinadi.

Mazkur tanlov jarayonida 8 ta mahalliy va xalqaro professional konsalting kompaniyalaridan takliflar qabul qilindi. Kelib tushgan takliflar xorijiy tajribaga egaligi, faoliyat sohasida amalga oshirgan loyihalari, loyiha doirasida jalb qilinadigan professional jamoasining malakasi asosida saralandi.

Saralash natijasida, eng maqbul narx taklifini bildirgan “Deloitte” kompaniyasi Aktivning ustav kapitalidagi davlat ulushini xususiylashtirish boʻyicha konsultant sifatida tanlandi.

Konsultant quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

  • Oʻzbekistonda va mintaqada sohani rivojlantirishdagi sharoitlarni va toʻlov tizimi xizmatlari bozorini tahlil qilish;
  • Aktivning har tomonlama (soliq, huquqiy, moliyaviy va ekologik) chuqur tahlilini oʻtkazish (due diligence);
  • optimal marketing strategiyasi boʻyicha tavsiyalar, marketing materiallarini tayyorlash (tizer, info-memorandum, jarayon holati boʻyicha xat va boshqalar) va investorlar oʻrtasida axborot materiallarini tarqatish;
  • Aktivni xususiylashtirishga qaratilgan barcha choralarni koʻrish, jumladan, virtual maʼlumotlar xonasi (VDR)ni tashkil etish, oldi-sotdi shartnoma loyihasini (oʻzbek tiliga tarjimasi bilan, kerak boʻlsa rus va ingliz tillarida ham) tayyorlash bilan birga sotish jarayonida hamrohlik qilish.

Davaktiv agentligi Deloitte bilan birgalikda jarayonni ochiq, shaffof va raqobat tamoyillariga asoslangan savdo mexanizmlariga muvofiq tashkil etishning barcha choralarini koʻradi hamda jarayonning har bir bosqichi toʻgʻrisida ommaga axborot berib borilishini taʼminlaydi.

798 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech