Davaktiv agentligining joriy yil 20-iyuldagi “International” mehmonxonasi (keyingi oʻrinlarda – Mehmonxona)dagi davlat ulushini sotib olish boʻyicha Majburiyatga ega boʻlmagan takliflarni (NBO) joriy yil 19-avgustga qadar qabul qilish toʻgʻrisidagi eʼloniga muvofiq, quyidagilar maʼlum qilinadi.
Davaktiv agentligi talabgorlarning majburiyatga ega boʻlmagan tijorat takliflarini puxta tayyorlashda aktivni moliya-xoʻjalik faoliyatini, texnik holatini kompleks tahlil qilish uchun qoʻshimcha muddat berish boʻyicha murojaatlariga muvofiq hamda xususiylashtirish boʻyicha konsultant Deloitte kompaniyasining tavsiyasiga asosan, barcha talabgorlarga Mehmonxonani sotib olish narxi boʻyicha majburiyatga ega boʻlmagan takliflarni (NBO) qabul qilish muddatini joriy yil 13-sentyabr kuni soat 18:00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar uzaytirilganligini maʼlum qiladi.
Mehmonxonani xususiylashtirish jarayonlarining majburiyatga ega boʻlmagan takliflarni (NBO) qabul qilish bosqichi toʻgʻrisidagi avval chop etilgan eʼlonning qolgan barcha bandlari oʻzgarishsiz qolmoqda.
Qoʻshimcha maʼlumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.