Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

03 Aprel 2020

“Davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilindi

Davaktiv agentligi tomonidan ishlab chiqilgan “Davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi oʻqishda qabul qilindi va Senatga yuborildi.

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks 2158 -modda (Davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzish) bilan toʻldirilib, davlat mulkini ijara shartnomasini tuzmasdan ijaraga berish, ijaraga olingan davlat mulkini qabul qilib olishda, obyekt hududiga kirishda va undan foydalanishda ijaraga oluvchiga asossiz ravishda toʻsqinlik qilish yoki ijaraga berilayotgan davlat mulkining parametrlari va sonini ijara shartnomasida notoʻgʻri koʻrsatgan holda ushbu mulkni ijaraga berishda qonunchilikni buzganligi uchun:

  • mansabdor shaxslarga – bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solish;
  • xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroriy sodir etilgan boʻlsa mansabdor shaxslarga – bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solish nazarda tutilmoqda.

Oʻz oʻrnida, Qonunning qabul qilinishi davlat mulkini ijaraga berish tartiblari buzilishi bilan bogʻliq qonunbuzarlik holatlarini oldini olishga hamda ijaraga oluvchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishiga xizmat qiladi.

287 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech