Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

26 Avgust 2022

Suv xo'jaligi vazirligi “Aydar-Arnasoy ko'llar tizimi” masʼuliyati cheklangan jamiyati ustav kapitalidagi davlat ulushini ishonchli boshqaruvga berish uchun tanlov eʼlon qildi

     Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari va tadbirkorlik subʼektlari diqqatiga!
    Oʼzbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi “Aydar-Arnasoy ko'llar tizimi” masʼuliyati cheklangan jamiyati ustav kapitalidagi davlat ulushini ishonchli boshqaruvga berish uchun tanlov eʼlon qiladi.
     Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 fevraldagi “Aydar-Arnasoy koʼllar tizimi boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-141-son qaroriga va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 26 martdagi “Aydar-Arnasoy ko'llar tizimi boshqaruvini tashkil etishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi 136-son qaroriga asosan “Aydar-Arnasoy koʼllar tizimi” masʼuliyati cheklangan jamiyatini belgilangan tartibda investitsiya kiritish sharti bilan tanlov asosida noyob turdagi baliqlarni yetishtirish, suv havzalarini baliqlantirish, baliqni qayta ishlash texnologiyasi va tajribasiga ega mahalliy investorga ishonchli boshqaruvga berish bo'yicha 2022 yil 8 sentyabrda tanlov oʼtkaziladi.

 

Manzil: Toshkent: 100187, Mirzo Ulugʼbek tumani Qorasuv-4 dahasi 11 uy, elektron pochta manzili: devonxona@minwater.uz

Maʼlumot uchun telefonlar: 71-202-47-64, 97-484-40-12

     

Ushbu havola orqali tanlov shartlari to`g`risida batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

2365 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech