Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

14 Dekabr 2022

Osiyo-Tinch okeani tarmog‘ining davlat korxonalarini korporativ boshqarish bo‘yicha yig‘ilishida Davaktiv agentligi ishtirok etdi

Joriy yilning 8-9 dekabr kunlari Indoneziyaning Djakarta shahrida Davlat korxonalarini korporativ boshqarish bo‘yicha Osiyo-Tinch okeani tarmog‘ining 15-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori o‘rinbosari Alisher Miraliyev “Zoom” onlayn platformasi orqali maʼruza bilan ishtirok etdi hamda O‘zbekiston Respublikasida korporativ boshqaruvning rivojlanishi asoslari, sohada normativ-huquqiy bazani takomillashtirib borilishi, davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga boshqaruvning zamonaviy amaliyotlarini joriy qilish to‘g‘risida maʼlumot berdi.

Xususan, A.Miraliyev yig‘ilish ishtirokchilarini O‘zbekistonning 2021-2025 yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasi talablarini davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga joriy etish, Strategiya bilan ularning boshqaruv va nazorat organlari aʼzolari faoliyati samaradorligini, masʼuliyatini oshirish bo‘yicha ko‘zda tutilgan yangiliklar bilan tanishtirib o‘tdi.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (IHTT) Osiyo-Tinch okeani davlat korxonalarini korporativ boshqarish tarmog‘i yig‘ilishining asosiy maqsadi mintaqadagi 22 davlatdan hukumat vakillari va tegishli nodavlat manfaatdor tomonlar bilan tajriba almashish, ilg‘or tajribalarni aniqlash va davlat mulkchilik amaliyotini yaxshilash uchun islohotlar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, hamda davlat korxonalarini korporativ boshqarish bo‘yicha IHTT yo‘riqnomalarini mustahkamlashdan iborat.

Yig‘ilishda davlat korxonalari ko‘rsatmalariga muvofiq tanlangan ishtirokchi mamlakatlarda mulkchilik amaliyotixususiylashtirish va korporativ boshqaruv bilan bog‘liq davlat korxonalarini isloh qilish bo‘yicha so‘nggi ishlanmalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, tadbir quyidagi mavzularga bag‘ishlangan tematik sessiyalarni o‘zida jamladi:

  • davlat xolding kompaniyalari boshqaruvi;

  • korrupsiyaga qarshi kurash va biznesning halolligi bo‘yicha eng yaxshi tajribalar;

  • iqlim o‘zgarishi va davlat korxonalarida kam uglerodli ishlab chiqarishga o‘tish siyosati.

1387 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech