Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

30 Sentyabr 2022

Hurmatli ishbilarmonlar, tadbirkorlar va investorlar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada o‘simliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021 yil 15 iyuldagi PF-6262-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022 yil 18 martdagi PQ-168-sonli qaroriga muvofiq, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini qo‘llagan holda “O‘zagrokimyohimoya” AJ va hududiy “Agrokimyohimoya” AJlarning tegishli bino va inshootlarini sotish maqsadida, “E-ijro auksion” elektron savdo maydonchasiga joylanganligi ma'lum qilinadi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi mazkur aktivlarga qiziqish bildirgan ishbilarmonlar, tadbirkorlar va salohiyatli investorlarni ommaviy savdolarda ishtirok etishga taklif qiladi.

To‘liq ma'lumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

1968 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech