Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

19 Avgust 2022

“Uzbekistan airways” АJni xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqish uchun professional konsalting kompaniyasini jalb qilish toʼgʼrisida eʼlon

Oʼzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʼrinlarda - Davaktiv agentligi/Buyurtmachi) tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, “Uzbekistan airways” АJni (keyingi oʼrinlarda - Аktiv) xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqish uchun professional konsalting kompaniyasi (keyingi oʼrinlarda - Konsultant) tanlab olinishi yuzasidan tanlov eʼlon qiladi.

Barcha qiziqish bildirgan mahalliy va xorijiy talabgorlardan Taklif taqdim etish uchun soʼrovnomaga (RfP) asosan tijorat takliflarini joriy yil 17 sentyabr kuni soat 18:00 (Toshkent vaqti bilan)ga qadar taqdim etishlarini soʼraymiz.

Аgar, birgalikda qoʼshma tijorat taklifi taqdim etilsa, jalb qilingan sherik-konsultantning ham ishini muvofiqlashtirish uchun masʼul boʼlgan va javobgarlikni zimmasiga oladigan asosiy konsultant koʼrsatilishi lozim.

Barcha manfaatdor tomonlar quyidagi axborot kanallari orqali tijorat takliflarini taqdim etishlari soʼraladi:

Shoxrux Oxunov, O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Muvofiqlashgan harakatni ta'minlash departamenti boshlig'i; 

Tel.: + 998-71-259-21-87; el.pochta: tender@davaktiv.uz.

Bitim boʼyicha ishlar Konsultant, Buyurtmachi va Аktiv vakillari oʼrtasida yaqin hamkorlikda amalga oshirilishi kutilmoqda, zarur hollarda esa maʼlumotlar yigʼishda Аktiv jamoasiga amaliy koʼmaklashish va Аktivga tashrif buyurishlari mumkin.  

Diskleymer

Mazkur soʼrovnoma tijorat taklifini taqdim etish majburiyati hisoblanmaydi va Buyurtmachiga taklifni qabul qilish yoki shartnoma tuzish majburiyatini yuklamaydi. Shunga koʼra, takliflar uchun ushbu soʼrovni eʼlon qilish va/yoki u bilan bogʼliq arizalarni olish, bir yoki bir nechta ishtirokchilar bilan muzokaralar va muhokamalar orqali shartnoma tuzishni nazarda tutmaydi.

Ushbu hujjatda keltirilgan materiallar va maʼlumotlar loyihaning faqat eng muhim tomonlarining dastlabki xulosasi va Konsultantdan xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqish boʼyicha kutilishi mumkin boʼlgan ishlar hajmi toʼgʼrisida umumiy maʼlumot sifatida xizmat qilishiga moʼljallangan.

Tanlov ishtirokchilari hech narsaga ishonib va bogʼlanib qolishlari kerak emas, tanlov jarayoni bilan bogʼliqlikda buyurtmachi uchun dastlabki taqdimot va takliflarni tayyorlash maqsadida yagona cheklov bundan mustasno.

“Uzbekistan airways” АJni xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqish yuzasidan Taklif taqdim etish uchun soʼrovnoma (RfP)

Yangi Oʼzbekistonning 2022-2026 yillarga moʼljallangan rivojlanish strategiyasini amalga oshirish, xususan, iqtisodiyotda raqobatni taʼminlash, tadbirkorlik subʼektlari uchun teng sharoitlar yaratish, bozor munosabatlariga toʼliq oʼtishni jadallashtirish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, xususiy investitsiyalarning keskin oʼsishini taʼminlash maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 apreldagi PF–101-son Farmonida quyidagilar belgilangan:

"v) ..."Uzbekistan airways" АJ ustav kapitalidagi 51 foiz va undan yuqori miqdordagi davlat ulushining savdoga chiqarilishini, shu jumladan aksiyalarini ommaviy joylashtirish (IPO)..."

Shu munosabat bilan, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan "Uzbekistan airways" АJni xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqish uchun tanlov asosida konsultant (keyingi oʼrinlarda - Konsultant) jalb qilinadi.

Oʼzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi tarmogʼida aktivlarni xususiylashtirish quyidagi maqsadlarga erishishga qaratilgan:

  • Tarmoqda raqobatni rivojlantirish va unda davlat ishtirokini qisqartirish;
  • Tabiiy, moliyaviy, texnik va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
  • Tarmoqni rivojlantirish uchun xususiy investitsiyalarni jalb qilish hajmini koʼpaytirish.

Аktiv toʼgʼrisida qisqacha maʼlumot

Kompaniya “O'zbekiston havo yollari” Oʼzbekiston Respublikasi milliy aviyakompaniyasining xizmat koʼrsatish belgisi va savdo belgisining mutloq huquqiy vorisi hisoblanadi.

"Uzbekistan airways" АJ – Oʼzbekiston Respublikasi aviatsiya va xalqaro qoidalarining nizomiga muvofiq har qanday koʼrinishdagi yengil va ogʼir yuklarni, pochtalarni hamda yoʼlovchilarni havo kemalari orqali tashish boʼyicha xizmatlarni taqdim etadi.

"Uzbekistan airways" АJ 50 nafardan ortiq belgilangan yoʼnalishlarda, jumladan Yevropa, Osiyo va Shimoliy Аmerika mamlakatlariga muntazam ravishda reyslarni amalga oshiradi. Аviakompaniyaning vakolatxonalari 20 dan ortiq dunyo shaharlarida faoliyat koʼrsatadi.

Kompaniyaning asosiy faoliyatidan tashqari, "Uzbekistan airways" АJga tegishli "UZBEKISTAN AIRWAYS TECHNICS" MChJ (havo kemalariga texnik xizmat koʼrsatish), "UZBEKISTAN HELICOPTERS" MChJ (mahsus aviatsiya), "O‘QUV-MASHGULOT MARKAZI" MChJ (taʼlim faoliyati) va "KETRING" MChJ (bort uchun oziq-ovqatlar yetkazish) kabi tarkibiy korxonlari mavjud.

2021 yil yakuniga koʼra kompaniya 6,3 trln soʼm miqdoridagi sof tushumga, 53,7 mlrd. soʼm miqdoridagi sof foydaga, shuningdek 4,2 trln. soʼm miqdoridagi ustav kapitaliga ega.

Kompaniyaning markaziy ofisi Toshkent shahar, Mirobod tumani, А.Temur koʼchasida joylashgan.

Xizmatlar hajmi:

Ushbu loyiha doirasida konsultant xizmatlarining koʼlami 2 bosqichda amalga oshiriladi.

1-bosqich: Oʼzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi sohasining tahlili, shuningdek:

1. Oʼzbekiston Respublikasi fuqaro aviаtsiyasi bozori va mintaqadagi davlatlarda havo transporti tahlili, jumladan:

1.1. Mintaqadagi davlatlarda (MDX, Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo, Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq, Xitoy va boshqalar) havo transporti bozorlarining tahlili va xususiyatlari, mintaqadagi alohida davlatlarning fuqaro aviatsiyasi sohasidagi transport siyosatini joriy etish tajribasi.

1.2. Аviatashuvlar boʼyicha Oʼzbekistondagi yoʼlovchi va yuk havo transporti bozori va uni rivojlanish istiqbollari tahlili, Oʼzbekiston va mintaqada (MDX, Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo, Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq davlatlari, Xitoy va boshqalar) yoʼlovchi va yuk tashish boʼyicha mavjud prognozlarni tahlil qilish va umumlashtirish.

2. Litsenziyalash mexanizmlari va aviatashuvlar bozoriga kirishni tartibga solish masalalariga alohida eʼtibor qaratgan holda fuqaro aviatsiyasi sohasidagi korxonalar faoliyatini tartibga soluvchi Oʼzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy bazasini tahlil qilish va ushbu sohada kelgusida yanada raqobat muhitini shakllantirish boʼyicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʼyicha maslahatlar.

3. Ikki tomonlama va koʼp tomonlama (agar mavjud boʼlsa) davlatlararo va hukumatlararo Oʼzbekiston va boshqa davlatlar oʼrtasida havo qatnovlari boʼyicha tuzilgan  shartnomalarni tahlil qilish, Yevropa va Osiyo, shu jumladan Markaziy Osiyo mintaqasida havo transporti bozorlarini liberallashtirish boʼyicha kuzatilayotgan tendensiyalarni baholash.

4. Davlat hokimiyati organlari tomonidan fuqaro aviatsiyasi sohasini isloh qilish va fuqaro aviatsiyasi infratuzilmasini rivojlantirish boʼyicha eʼlon qilingan chora-tadbirlarni va ularni mazkur sohada raqobat kuchayishiga va aktivlarni xususiylashtirish jarayoniga potentsial taʼsirini tahlil qilish.

5. Xalqaro amaliyot va turli mamlakatlarda (kamida uchta mamlakatda) fuqaro aviatsiyasi bozorida joriy etilgan tartibga solish modellar tahlili.

6. Xususiylashtirishning asosiy parametrlari koʼrsatilgan dunyodagi oʼxshash kompaniyalarni muvaffaqiyatli xususiylashtirish misollarini (Oʼzbekiston sharoitida ushbu xususiylashtirish loyihasini amalga oshirishda inobatga olinishi lozim boʼlgan xususiylashtirish vazifalari, xususiylashtirilgan obʼektlarning xususiyatlari, xususiylashtirish usuli, jalb qilingan investorlar tahlili, bitimlar shartlari, investitsiya majburiyatlari, davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlash choralari, xususiylashtirishning boshqa amaldagi jihatlari) va undan olingan natijalarni tahlil qilish.

7. Barcha tahlillar asosida Oʼzbekiston fuqaro aviatsiyasi sohasida transport siyosati boʼyicha tavsiyalar berish. Tavsiyalar fuqaro aviatsiyasida arzon narxlarda xizmat koʼrsatishga qodir ishonchli va raqobatbardosh sohani rivojlantirishga va ushbu sohada raqobatni rivojlantirishning meʼyoriy-huquqiy bazasini takomillashtirishga qaratilgan boʼlishi kerak.

1-bosqichni amalga oshirish doirasida tegishli vazirlik va idora, shuningdek, fuqaro aviatsiyasining yetakchi subʼektlari vakillaridan iborat Ishchi guruh tuziladi. Ishchi guruhning asosiy vazifasi Kosultantga sohaning joriy holati toʼgʼrisida zarur maʼlumotlarni taqdim etish va Kosultant bilan olingan tushuncha va xulosalarni muhokama qilishdan iborat boʼladi.

1-bosqich natijalariga koʼra, Konsultant 1-7 banlarga muvofiq tahlil va tavsiyalarni oʼz ichiga olgan tahliliy hisobotni taqdim etishi lozim. Hisobot rus va ingliz tillarida PDF formatda tayyorlanishi kerak (majburiy – MS Word formatida va zarur boʼlganda MS Excel, PowerPoint formatlarida boʼlishi kerak).

2-bosqich: “Uzbekistan airways” АJning xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqish:

Buyurtmachi 1-bosqich boʼyicha hisobotni tasdiqlaganidan soʼng Konsultant 2-bosqichga oʼtadi.

Buyurtmachi 1-bosqich natijalariga koʼra, 2-bosqichda ish hajmini oʼzgartirish (shu jumladan, kamaytirish) huquqini oʼzida saqlab qoladi. Shu bilan birga, ish hajmi va konsultantchining ish haqi miqdoridagi oʼzgarishlarni buyurtmachi va konsultant oʼrtasidagi shartnomaga qoʼshimcha va oʼzgartirishlar kiritmasdan amalga oshirilmaydi.

2-bosqich ish hajmi quyidagilarni oʼz ichiga oladi:

1. “Uzbekistan airways” АJ investitsiya oldi diagnostikasi (predinvestitsionnaya diagnostika), shu jumladan:

  1. Kompaniya va uning tarkibidagi korxonalarning tashkiliy tuzilmasini tahlili;
  2. konsolidatsiya darajasida, Kompaniyaning tuzulmaviy tashkilotlari va/yoki biznes segmentlari kesimida soʼngi 3 yil davomida moliyaviy holati va moliyaviy natijalarni tahlil qilish (boshqaruv hisobi maʼlumotlari, buxgalteriya hisobining Milliy standartlari va/yoki MHXS asosida);
  3. asosiy faoliyat koʼrsatkichlari va ularni boshqa davlatlar, birinchi navbatda qoʼshni mamlakatlardagi oʼxshash kompaniyalar koʼrsatkichlari bilan taqqoslash (havo kemasining turi va soni, yoʼlovchi tashishi hajmi, xizmatlar soni, marshurut yoʼnalishining tarmoqlanishi);
  4. mintaqadagi havo transporti bozorining ayrim segmentlarida kompaniyaning raqobatbardosh pozitsiyasini tahlil qilish;
  5. Kompaniyaning xalqaro fond birjalari va kapital bozorlari talablariga muvofiqligini yuqori darajada tahlil qilish;
  6. kompaniyaning joriy operatsion modelini tahlil qilish va kompaniyaning rivojlanishiga taʼsir koʼrsatadigan cheklovlarni aniqlash (tahlil oʼz ichiga marshurut tarmogʼini rejalashtirish jarayonlarini toʼgʼrisida umumiy maʼlumot, havo kemalari parkini rejalashtirish va ushbu rejani amalga oshirish, daromadlarni boshqarish, individual savdo kanallarini boshqarish va ularning samaradorligi, parvoz ekipajini boshqarish, samalyotlarga texnik xizmat koʼrsatish jarayonini boshqarish va boshqalarni oʼz ichiga olishi lozim).

2. 1-band va 1-bosqichni tahlili natijalariga koʼra, konsultant “Uzbekistan airways” АJning davlat ulushini sotish boʼyicha tavsiyalar berish, konsultantning tavsiyasi Davalt ulushining konsolidatsiyalangan darajada sotish maqsadga muvofiqligi va uning maqbul miqdori va realizatsiya qilinishi mumkin boʼlgan indikativ qiymati.

3. Konsultant tomonidan “Uzbekistan airways” АJning davlat ulushini konsolidatsiyalangan darajada sotish maqsadga muvofiq emas deb xulosa berilganda, Konsultant davlat ulushini Kompaniyaning tarkibiy individual aktivlar darajasida sotish yuzasidan tavsiyalar berishi lozim. Shu bilan birga, barcha shoʼba korxonalar uchta guruhga boʼlinishi lozim:

  • xususiylashtirishga tayyor korxonalar (1-guruh);
  • sotishdan oldingi tayyorgarlikdan oʼtishi kerak boʼlgan korxonalar (2-guruh);
  • xususiylashtirish maqsadga muvofiq boʼlmagan korxonalar (3-guruh).

4. Konsultant 1-guruh korxonalarining har biri uchun quyidagi masalalarni aks ettiruvchi xususiylashtirish yoʼl xaritasini ishlab chiqishi lozim:

  1. Sotishning maqsadga muvofiqligini asoslash va sotishning maqbul ulushi boʼyicha taklif tayyorlash;
  2. indikativ qiymat tahlili;
  3. aktivlarni sotishning eng maqbul usuli boʼyicha maslahatlar (IPO yoki strategik investorlarga sotish); 
  4. keyingi jarayonlarni tashkil etish va talab etiladigan muddatlari boʼyicha tavsiyalar berish.

Аgar konsultant tomonidan ulushni IPO orqali sotish tavsiya etiladigan boʼlsa, konsultantning tavsiyasi quyidagilarni oʼz ichiga olishi lozim:

  • IPO doirasida sotiladigan har bir kompaniya aksiyalari paketi hajmi va IPO oʼtkazish uchun fond birjasi boʼyicha aniq va birmaʼnoli tavsiyalar;
  • raqobat muhitiga kirishda kompaniya qiymatining qiyosiy tahlili va taqqoslanadigan ochiq kompaniyalarning qiymatini hisobga olgan holda sotish narxi boʼyicha potentsial mukofot/chegirma miqdorini aniqlash boʼyicha tavsiyalar;
  • taqqoslanadigan kompaniyalarning soʼngi joylashuvini tahlil qilish orqali IPO uchun potentsial bozor talabining umumiy tahlili.

5. Konsultant 2-guruh korxonalarining har biri uchun quyidagi masalalarni aks ettiruvchi Xususiylashtirish yoʼl xaritasini tuzadi:

  1. aktiv hozirda sotuvga tayyor emasligi toʼgʼrisidagi xulosani asoslash, shu jumladan korxonalarning moliyaviy holatini, soliq, huquqiy va ekologik xavflarning mavjudligini tahlil qilish;
  2. aktivni xususiylashtirishga imkon beradigan qonunchilik bazasidagi mumkin boʼlgan oʼzgarishlar boʼyicha tavsiyalar (agar zarur boʼlsa);
  3. asosiy aktivdan alohida sotilishi mumkin boʼlgan nosohaviy aktivlar boʼyicha tavsiyalar.

6. Davlat ulushini xususiylashtirishning yuqoridagi usullarining har biri uchun Konsultant xususiylashtirishning mamlakat iqtisodiyotiga taʼsirini pul tushumlarining indikativ miqdor koʼrinishida baholaydi.

7. Konsultant 3-guruh boʼyicha oʼrta/uzoq muddatli istiqbolda sotishning maqsadga muvofiq emasligini koʼrsatadigan sabablarni, shuningdek aktivni davlat mulkida saqlashning iqtisodiy samarasini tahlili qilishi lozim.

2-bosqichning natijalari:

  • “Uzbekistan airways” АJning konsolidatsiyalashgan darajada yoki alohida aktivlar kesimida xususiylashtirishning maqsadga muvofiqligini tahlil qilgan holda investitsiya oldi diagnostikasi (predinvestitsionnaya diagnostika);
  • Davlat ulushini konsolidatsiyalashgan yoki aktivlar koʼrinishida sotish boʼyicha yoʼl xaritalari.

Barcha hujjatlar rus va ingliz tillarida PDF formatda taqdim etilishi lozim.

Ushbu texnik topshiriqda 1- va 2-bosqichlarda taklif qilingan tavsiyalarni amalga oshirish/tatbiq etish nazarda tutilmagan.

Konsultantga qoʼyiladigan talablar:

1. Konsultant fuqaro aviatsiyasi sohasi, birinchi navbatda aviakompaniyalar uchun konsalting xizmatlarini amalga oshirishda yetarli tajribani namoyish etishi va tavsiflangan vazifalarni bajarish uchun tayinlangan asosiy guruh aʼzolarini taqdim etishi lozim. Jamoa quyidagi shartlardan kamida bittasiga javob beradigan bir kishini oʼz ichiga olishi kerak:

  • xususiylashtirishga tayyorgarlik koʼrish yoki kreditorlarni himoya qilish tartibining bir qismi sifatida chuqur qayta qurish jarayonidan oʼtgan qaror qabul qiluvchi, konsultant yoki aviatsiya kompaniyasi aʼzosi sifatida shaxsiy ishtirok etish;
  • fuqaro aviatsiyasi sohasidagi mutaxassis, sohani rivojlantirishning dolzarb masalalari va istiqbollari boʼyicha materiallarni faol ravishda nashr etadi.

2. Konsultant birlashish bozoridagi bitimlarni, shu jumladan xususiylashtirish jarayonlari doirasidagi bitimlarni qoʼllab-quvvatlash boʼyicha yetarli tajribani namoyish qilishi lozim.
3. Konsultant kapital bozorida yetarli tajribaga va aksiyalarni ommaviy taklif qilish bilan bogʼliq qoidalar boʼyicha bilim darajaga ega boʼlishi lozim.
4. Konsultant vazifani oʼz vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun yetarli moddiy va inson resurslariga ega boʼlishi lozim.
5. Xalqaro tarmoqqa aʼzo kompaniyalar uchun yagona xalqaro tarmoqqa aʼzolik tamoyili boʼyicha Konsultantga aloqador bir necha yuridik shaxslarning tajribasini koʼrsatishga ruxsat etiladi.

Konsultant texnik topshiriqda belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun subpudratchini jalb qilish huquqiga ega, shu bilan birga Konsultant subpudratchining ishi uchun javobgar hisoblanadi.

Vakolatli organning qaroriga muvofiq Konsultant keyinchalik ushbu aktivni xususiylashtirish uchun jalb qilinishi mumkin.

 

5049 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech