Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

11 Avgust 2020

Davaktiv agentligi ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashiga davlat ulushi boʻyicha aʼzolik uchun nomzodlarni jalb etish yuzasidan tanlov

Avval maʼlum qilinganidek, Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida"gi qonuniga hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 647-son qaroriga muvofiq Davaktiv agentligi ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashlari tarkibiga davlat ulushi boʻyicha aʼzolikka nomzodlarni tanlov asosida saralab olish va keyinchalik korxonalarning kuzatuv kengashi tarkibiga saylash boʻyicha tanlov eʼlon qilingan.

Davaktiv agentligi ishtirokidagi quyidagi jadvalda koʻrsatilgan 21 ta korxonalarning kuzatuv kengashlari tarkibiga davlat ulushi boʻyicha nomzodlarni tanlov asosida saralab olish boʻyicha oʻtkazilgan tanlov muddatlarining uzaytirilganligi hamda qoʻshimcha 3 ta korxona boʻyicha tanlov eʼlon qilinadi.

Korxona nomi

Aʼzolik oʻrinlari soni

Ariza
berish uchun havola

Moliyaviy koʻrsatkichlari

1

“Ustyurt qidiruv burgʻulash boshqarmasi” MCHJ

5

ID1

Info 1

2

“Surxon parmalash ishlari” AJ

5

ID2

Info 2

3

"Sharq" AJ

9

ID3

Info 3

4

“Surxonoziqovqatsanoati” AJ

4

ID4

Info 4

5

“Chimboy Moy” AJ

5

ID5

Info 5

6

“Guliston 2535-sonli avtojamlanma” MCHJ

3

ID6

Info 6

7

“Yangiariq plast” MCHJ

3

ID7

Info 7

8

“93-maxsus trest” AJ

6

ID8

Info 8

9

“Xorazmsuvqurilish” AJ

6

ID9

Info 9

10

“Taxiatash issiqlik tarmoqlari” MCHJ

3

ID10

Info 10

11

“Tibloyiha” MCHJ

3

ID11

Info 11

12

“Toshuyjoyliti” AJ

5

ID12

Info 12

13

“Uzengsanoatloyixa” MCHJ

5

ID13

Info 13

14

“Oʻzsuvloyiha” AJ

3

ID14

Info 14

15

“Oʻzagrosanoatloyiha” MCHJ

3

ID15

Info 15

16

“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” AJ

5

ID16

Info 16

17

“Oʻzagroservis” AJ

5

ID17

Info 17

18

“Boyovut paxta tozalash” AJ

6

ID18

Info 18

19

“Toshkent traktor zavodi” MCHJ

3

ID19

Info 19

20

“Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ

5

ID20

Info 20

21

“YoSHLAR” teleradiokanali” AJ

5

ID21

Info 21

22

"Ohangaronshifer" AJ

3

ID22

Info 22

23

“Oʻzbekiston shampani” AJ

2

ID23

Info 23

24

“OʻZAERONAVIGATSIYA MARKAZI” DUK

3

ID24

Info 24

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish Davaktiv agentligining maxsus veb-portali cns.davaktiv.uz orqali elektron shaklda qabul qilinadi (foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma bilan tanishish).

Har bir korxonaning sohaviy yoʻnalishini inobatga olib qoʻshimcha talablar belgilangan.

Tanlov jarayoni korxonalarda kuzatuv kengashi aʼzosi sifatida faoliyat olib borish istagida boʻlgan va quyidagi umumiy talablarga mos har qanday shaxslar uchun ochiq:

  • amaldagi korporativ boshqaruvchi malaka attestatiga ega boʻlishi, bundan qonunchilik hujjatlariga binoan korporativ boshqaruvchi malaka attestatini olish talab etilmaydigan shaxslar mustasno;
  • oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
  • kamida 2 yillik ish tajribasiga ega boʻlishi, bunda sohaviy tajribaga ega boʻlgan nomzodlarga ustunlik beriladi;
  • nomzod ariza topshirmoqchi boʻlgan korxona boshqaruvi aʼzolari va direktori yoki ularning funksiyalarini amalga oshirayotgan, korxonada yoki uning shoʻba va tobe xoʻjalik jamiyatlarida mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlamayotgan boʻlishi;
  • iqtisodiy jinoyatlar yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar uchun sudlanganligi mavjud boʻlmagan hamda sud qarorlariga asosan mansab lavozimlarini egallashi cheklanmagan, shuningdek korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilmagan boʻlishi;
  • korxonaga nisbatan tartibga soluvchi yoki nazorat (shu jumladan, litsenziyalash organlari va moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshiruvchi organlar) funksiyasini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlarining xodimi boʻlmasligi;
  • qonunchilik hujjatlarida kuzatuv kengashi aʼzosi sifatida faoliyat olib borishi taqiqlangan shaxslar toifasiga kirmasligi;
  • besh va undan ortiq kuzatuv kengashlarida aʼzo boʻlmasligi;
  • soʻngi uch yilda korxonaga va (yoki) korxonaning affillangan shaxslariga auditorlik xizmatlarini koʻrsatgan auditorlik tashkilotining xodimi boʻlmasligi lozim.

Nomzodlar Kuzatuv kengashi aʼzolariga yuklatiladigan fidutsiar majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi.

Kuzatuv kengashi aʼzolariga toʻlanadigan haq miqdori korporativ boshqaruv tamoyillarining samarali joriy etilishi darajasiga qarab, har bir korxonaning ichki meʼyoriy hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Tanlov talablariga mos keluvchi talabgorlarni ushbu tanlovlarga ishtirok etishga chorlaymiz!

474 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech