Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

16 Iyun 2023

Davaktiv agentligi “O‘rta Osiyo Trans” AJning 51 foiz davlat aksiya paketini sotish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda - Davaktiv agentligi) “Oʻrta Osiyo trans” AJ (keyingi oʻrinlarda - Korxona) ustav kapitalidagi 51,0 foiz davlat aksiya paketini (keyingi oʻrinlarda – Aksiyalar paketi) 65,0 mlrd.soʻmga “Hyper Partners” MChJ XK ga sotish boʻyicha kelishuvga erishilganligini maʼlum qiladi.

Sotuv jarayonida Merritz yuridik firmasi boshchiligidagi kompaniyalar konsorsiumi (keyingi oʻrinlarda - Konsultant) xususiylashtirish boʻyicha konsultant vazifasini bajardi.

Konsultant va Davaktiv agentligi tomonidan xususiylashtirish jarayoni doirasida ham mahalliy, ham xalqaro darajada keng koʻlamli marketing ishlari amalga oshirildi, jumladan investitsiya tizerlari konsultantning investorlar tarmogʻi orqali turli xorijiy investorlarga (investor sounding) yuborildi.

Natijada xorijiy va mahalliy investorlardan Aksiyalar paketini sotib olish boʻyicha 3 ta Majburiyatga ega boʻlmagan (NBO) takliflar kelib tushdi.

Konsultantning tavsiyasiga asosan 2 ta talabgorlar xususiylashtirish jarayonining keyingi Majburiyatga ega boʻlgan takliflar (BO) qabul qilish bosqichiga oʻtkazilgan.

Shunga koʻra, kelib tushgan Majburiyatga ega boʻlgan takliflarni (BO) belgilangan malaka mezonlariga muvofiqligi, mintaqadagi ish faoliyati, Bitimni yopish shartlari va Korxonaning baholangan qiymatidan yuqoriligi boʻyicha eng yaxshi xarid qiymatini taqdim etgan “Hyper Partners” MChJ XK savdo natijalari boʻyicha gʻolib deb topildi.

Xususiylashtirish boʻyicha konsultant sifatida jalb qilingan “Merritz” halqaro kompaniyasining 2023-yil 7-iyundagi xatiga muvofiq, “Hyper Partners” MChJ XK va uning tegishli shaxslaridan hech biri Yevropa Ittifoqi va AQSHning, shuningdek yirik xalqaro moliya institutlarining sanksiyalari roʻyxatiga kiritilmaganligi toʻgʻrisida tegishli xulosa taqdim etilgan.

Maʼlumot uchun:

“Hyper Partners” MChJ tomonidan kelgusida Korxonaning faoliyatini saqlash, shu bilan birgalikda Yevropa, Xitoy Xalq Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlari orqali harakatlanuvchi transport logistika faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish va kengaytirish, jamiyatga tegishli yer maydonida yangi zamonaviy bojxona terminali hamda ko‘p qavatli avtoturargoh qurish ko‘zda tutilgan.

“O‘rta Osiyo Trans” transport korxonasi 1992 yilda tashkil etilgan, keyinchalik 1995 yilda davlat aksiyadorlik kompaniyasi va 1998 yilda “O‘rta Osiyo Trans” AJ sifatida qayta tashkil etilgan, Korxona yuk avtomobillari bilan eksport-import, tranzit va Respublika ichidagi yuklarni (asosan paxtadan tayyor mahsulotlar, oziq ovqat, uskunalar, qurilish materiallari, qog‘oz, tekstil va trikotaj mahsulotlari va x.k) tashishni tashkil etish ishlarini amalga oshiradi, ustav kapitali 1,484 mlrd. so‘m tashkil etadi.

2263 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech