Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

05 Dekabr 2022

Qoraqalpog'iston Respublikasida "Roadshow" taqdimoti o'tkazildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan joriy yil 3 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari jumladan, korxonalardagi davlat ulushlaribo‘sh turgan davlat mulki obyektlari va sotilishi belgilangan yer uchastkalari to‘g‘risida navbatdagi Roadshow (taqdimot) o‘tkazildi.

Nukus shahridagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining binosida bo‘lib o‘tgan mazkur tadbirda mahalliy hokimliklar hamda viloyatdagi yirik korxonalarning vakillari va 100 dan ortiq tadbirkorlar ishtirok etdi. O‘z o‘rnida, Davaktiv agentligi mutasaddilari tomonidan qatnashchilarga E-auksion elektron savdo platformasidan foydalanish bo‘yicha master-klass o‘tkazilib, savdo platformasida shaxsiy kabinet ochish, onlayn elektron imzo olish va savdolarda qatnashish uchun arizalar berish tartiblari ham nazariy ham amaliy tushuntirildi.

“Roadshow” taqdimoti doirasida tadbirkorlar ommaviy savdolarga chiqarilgan 102 ta davlat va davlat ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlari aktivlari va 2115 ta yer uchastkalari hamda ijaraga berilishi ko‘zda tutilgan 524 ta davlat mulklari bilan tanishdilar.

Bundan tashqari, avvaldan doimiy foydalanish yoki umrbod egalik qilish huquqi asosida o‘zlariga tegishli bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirib olgan 2 nafar fuqarolarga tantanali ravishda mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderlari topshirildi hamda mazkur jarayon tartibi bo‘yicha tadbir qatnashchilariga tushuntirishlar berildi.

Ko‘tarinki ruhda va savol-javoblarga boy o‘tgan Roadshow davomida Davaktiv agentligi direktor o‘rinbosari Qaxramon Hakimov, hududiy boshqarma boshlig‘i Maxsud Radjapov va viloyatning boshqa mutasaddi rahbarlari tadbir qatnashchilari va OAV vakillari tomonidan berilgan bir qator savollarga batafsil javoblar berib o‘tdilar.

Shuningdek, kunning ikkinchi yarimida OAV vakillari bilan birgalikda Nukus shahri va Taxiatosh tumanlarida joylashgan ommaviy savdolarga chiqarilgan davlat mulki obyektlariga “Press-tur” tashkil etildi hamda masʼul xodimlar tomonidan obyektlar ҳақида OAV vakillariga maʼlumotlar тақдим etildi.

Maʼlumot uchun: Bu kabi taqdimotlar va uchrashuvlar (Roadshow) bugungi kunga qadar Andijon, Buxoro, Farg‘ona, Jizzax, Xorazm, Namangan, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida o‘tkazildi. Kelgusida respublikamizning qolgan viloyatlarida va Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

1600 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech