Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

14 Noyabr 2020

Xalqaro hamkorlik yanada kengaytirilmoqda

Joriy yilning 11 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori o‘rinbosari Usmonov Bekzod Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) missiyasi rahbari Ron van Roden bilan "XVJ Kelishuv moddalari"ning IV moddasiga muvofiq yillik maslahatlashuvlar doirasida uchrashuv o‘tkazdi.

Ma’lumot uchun: XJV Kelishuv moddalari 1944-yil 22-iyulda BMTning valyuta-moliya konferensiyasida (Bretton-Vuds, Nyu-Gempshir) qabul qilingan. Dastlab 29 davlat tomonidan qabul qilingan, keyinchalik jami 190 a'zo davlat tomonidan imzolangan va ratifikatsiya qilingan. Tashkilotning nizomi bo'lgan moddalar Jamg'armaning maqsadlarini belgilaydi va "xalqaro valyuta muammolari bo'yicha maslahatlashuv va hamkorlik mexanizmini ta'minlaydigan xalqaro valyuta hamkorligini" rivojlantirishni o'z ichiga oladi.

Uchrashuvda tomonlar davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish, davlat ishtirokidagi korxonalarni xususiylashtirish va transformatsiya qilish sohasidagi hamkorlikning dolzarb vazifalari va istiqbollari, shuningdek makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, uchravshuv davomida 2022-2026-yillarda mamlakatni rivojlantirish milliy strategiyasini amalga oshirishda Davaktiv agentligining roli va bunda Agentlikka texnik ko‘mak ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Davaktiv agentligi direktori o‘rinbosari XVJ vakillariga joriy yil uchun xususiylashtirish dasturiqishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish, davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish, davlat ishtirokidagi korxonalarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar haqida maʼlumot berdi.

Janob Ron van Roden Davaktiv agentligi oldiga qo‘yilgan maqsadlarni sifatli bajarish bo‘yicha milliy strategiyani amalga oshirishda har tomonlama ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.

1241 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech