Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

16 May 2024

“YOʻLREFTRANS” AJni ustav kapitalidagi 51,0 foiz davlat ulushining xususiylashtirish jarayonlari “Toshkent” Respublika fond birjasida davom ettiriladi

Avval xabar berilganidek, tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, “YOʻLREFTRANS” AJ (keyingi oʻrinlarda – “Emitent”) ustav kapitalidagi 51,0 foiz davlat ulushini (keyingi oʻrinlarda – “Aksiya paketi”) xususiylashtirish belgilangan.

Dastlabki savdo jarayonlari Winvestment Consult konsalting kompaniyasi maslahatchiligida olib borilgan boʻlib, savdo jarayonlarida ishtirok etgan talabgorlarning takliflari konsultant tomonidan Aksiya paketining narx kutilmasidan past boʻlganligi uchun, savdo mexanizmini oʻzgartirish toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingan.

Shunga koʻra, xususiylashtirish jarayonlari “Toshkent” Respublika fond birjasining MQQMP Nego savdo platformasi (keyingi oʻrinlarda – “Savdo platformasi”)da sotuvchining investitsiya vositachisi orqali amalga oshiriladi.

Aktiv toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot:

  • “YOʻLREFTRANS” AJ – yuklarni tashish boʻyicha mahalliy va xalqaro shaharlararo logistika xizmati, izotermik vagonlarni ijaraga berish ishlarini tashkil qiluvchi kompaniya hisoblanadi.
  • Korxonaning yuridik manzili – Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani, Guliston koʻchasi, 351-uy.
  • Savdoga chiqarilayotgan aksiyalarning emitent ustav fondidagi foizi – 51,0 foiz;
  • Savdoga chiqarilayotgan aksiyalarining umumiy soni – 11 162 528 dona (oddiy) aksiya;
  • Bir dona aksiyaning nominal qiymati – 1 000 (bir ming) soʻm;
  • Bir dona aksiyaning savdoga qoʻyishdagi boshlangʻich narxi – 8 880,34 (sakkiz ming sakkiz yuz sakson) soʻm 34 tiyin;
  • Aktivning boshlangʻich narxi – 99 126 992 000,0 (toʻqson toʻqqiz milliard, bir yuz yigirma olti million, toʻqqiz yuz toʻqson ikki ming) soʻm;
  • Emitentning ustav fondi miqdori - 21 887 309 000,0 (yigirma bir milliard, sakkiz yuz sakson yetti million uch yuz toʻqqiz ming) soʻm;
  • Savdo tashkilotchisi – “Toshkent RFB” AJ;
  • Lotlar soni – 1 (bir) ta;

Emitent haqidagi barcha maʼlumotlar, jumladan moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan emitentning rasmiy veb sahifasi www.yolreftrans.uz hamda korporativ axborot yagona portali www.openinfo.uz sahifasi orqali tanishish mumkin.

Bitimni amalga oshirish jarayoni:

Savdolar “Toshkent” RFBning maxsus platformasi, SPPZ NEGO- maydonchasida 17.06.2024 yildan boshlanadi. (Toshkent RFB savdolaridagi havola).

Birja bitimi eng yuqori taklifni taqdim etgan talabgor bilan birja qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Ushbu savdo jarayonlariga barcha talabgorlarni ishtirok etishga chorlab qolamiz!

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasiga (+99894-353-05-23) murojaat qilishingiz mumkin.

Diskleymer

Talabgorlar davlat aksiyalarining sotuvchisi yoki sotuvchining investitsiya vositachisi hamda emitentdan davlat aksiyalarini sotib olish uchun oʻzi qaror qabul qilishi uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha axborotni soʻrash va olishga haqlidir, oʻzining xususiyatiga koʻra xizmat yoki tijorat siri hisoblangan axborot bundan mustasno.

1443 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech