Ру Ўз O'z En

09 Avgust 2021

EʼLON

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi markaziy apparatida quyidagi vakant lavozimlar boʻyicha

                                      EʼLON

 1. Muvofiqlashgan harakatni taʼminlash departamenti

Xususiylashtirish  jarayonlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi  departament boshligʻining oʻrinbosari - boshqarma boshligʻi

Lavozimga mos asosiy talablar:

  1. Moliya, iqtisodiyot yoki marketing sohalarida oliy maʼlumotga ega boʻlish;
  2. Davlat tilini, shuningdek, xorijiy tillar, jumladan, rus va ingliz tillarini puxta bilish;
  3. Iqtisodiyot, korparativ boshqaruv, xususiylashtirish yoʻnalishlarida kamida
    4 yillik ish tajribasiga ega boʻlish;
  4. Rahbar lavozimlarida kamida 2 yillik ish tajribasiga ega boʻlish;
  5. Jahonda yuz berayotgan ahamiyatga molik voqealar, hususan mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va siyosiy jarayonlardan xabardor boʻlish;
  6. Davlat mulkini boshqarish va normativ-huquqiy xujjatlarni bilish;
  7. Microsoft Word, Excel va PowerPoint kabi dasturlarda mukammal ishlash.

Vazifalar:

  1. Agentlikning tarkibiy boʻlinmalari, hududiy boshqarmalari va tarkibiy tuzilmalari bilan davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlari bilan bogʻliq masalalarda koʻmaklashish hamda hamkorlikda ishlarni tashkil etish;
  2. Xususiylashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar natijalarini yozma matnda aniq va tushunarli bayon qilib hisobotlar tayyorlash;
  3. Davlat organlari va tashkilotlarida xususiylashtirish ishlarni muvofiqlashtirish va rivojlantirish, shuningdek ularni yaxshilashga doir tavsiyalar ishlab chiqish;
  4. Agentlik rahbariyatining tegishli topshiriqlarini bajarishda jamoa boʻlib ishlash va natijaga erishishda jamoaviy ruhni oshirish.
  5. Xususiylashtirish boʻyicha nazorat qilinadigan masalalari boʻyicha tarkibiy boʻlinmalar, hududiy boshqarmalarning ishlarini muvofiqlashish, ulardan xususiyshlashtirish jarayonlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek ularning bajarilishini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish.

 

  1. Direktorning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi

          Lavozimga mos asosiy talablar:

  1. Filolog (oʻzbek tili), adabiyotshunos (oʻzbek adabiyoti) yoki jurnalistika mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumot mavjudligi;
  2. Filologiya, adabiyotshunoslik, pedagogika (oʻzbek tili va adabiyoti) yoki jurnalistika sohasi boʻyicha kamida 3 yil ish tajribasi mavjudligi;
  3. Oʻzbek va rus tillarini mukammal bilishi;
  4. Davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini mukammal bilish;
  5. Davlat tilida ish yuritish boʻyicha amaliy koʻnikmalar mavjudligi;
  6. Muomala va muzokara madaniyati;
  7. Oʻz fikr-mulohazalarini hamda takliflarini taqdim qila olish qobiliyati.
  8. Kompyuter savodxonligi boʻyicha - Microsoft Office (MS Word, 9. MS Exsel va MS Power Point) dasturlarlarida bemalol ishlay olishi;
  9. Masʼuliyatli, ishchan va stress holatlariga chidamli boʻlish.

     

      Vazifalar:

  1. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi markaziy apparati, shuningdek, agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarida lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida ish yuritishga toʻliq oʻtilishini taʼminlash, maʼnaviy-maʼrifiy sohaga va davlat tiliga oid qonun hujjatlari hamda dasturlar va “yoʻl xaritalari”ning ijrosini tashkil etish;
  2. Maʼnaviy-maʼrifiy sohaga va davlat tiliga oid qonun hujjatlariga soʻzsiz rioya etilishini, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish borasidagi ishlarni tanqidiy oʻrganish, bu borada aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  3. Agentlikda ishlab chiqilayotgan normativ-xuquqiy hujjatlarning davlat tili qoidalariga mosligini nazorat qilish, Davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash boʻyicha jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishida ishtirok etish;  
  4. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi markaziy apparati, shuningdek, agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarida xodimlarga davlat tilini chuqur oʻrganishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda davlat tilini keng targʻib qilish va rivojlantirishga qaritilgan uslubiy, madaniy-maʼrifiy va boshqa tadbirlarni tashkil etish;
  5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-yanvardagi “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 34-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yana-da rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktyabrdagi PF-6084-son Farmoni ijrosini taʼminlash va mehnat shartnomasida belgilangan boshqa vazifalar.

 

  1. Axborot va PR xizmati rahbari – agentlikning matbuot kotibi

        Lavozimga mos asosiy talablar:

  1. Jurnalistika, xalqaro jurnalistika va jamoatchilik bilan aloqalar, bosma OAV va noshirlik ishi, filologiya mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumot mavjudligi;
  2. Jurnalistika va Axborot xizmati sohasi boʻyicha kamida 3 yil ish tajribasi mavjudligi;
  3. Tashkilot ijobiy imijini ilgari surish, PR kompaniyalarini uyushtira olish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisida targʻibot qilish va jamoatchilikni keng xabardor qilishga qaratilgan axborot kampaniyalarini oʻtkazish koʻnikmalariga ega boʻlishi;
  4. Oʻzbek va rus tillarini mukammal bilishi (boshqa xorijiy tillarni bilish ustunlik beradi);
  5. Kompyuter savodxonligi boʻyicha - Microsoft Office (MS Word,
    MS Exsel va MS Power Point) va boshqa dasturlarda bemalol ishlay olishi; Internet tarmogʻi, jumladan ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlar orqali muloqot oʻrnatishning texnik imkoniyatlaridan xabardor boʻlish;
  6. Davlat tilida ish yuritish boʻyicha amaliy koʻnikmalar mavjudligi;
  7. Rasmiy doiralarda hamda faoliyat jarayonida odob-axloq, kiyinish normalarini bilish, muomala va muzokara madaniyatiga rioya etish;
  8. Oʻz fikr-mulohazalarini hamda takliflarini taqdim qila olish qobiliyatiga ega boʻlish;
  9. Masʼuliyatli, ishchan va stress holatlariga chidamli boʻlish;
  10. Jamoani boshqarish va topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarishga samarali yoʻnaltira olish.

 

      Vazifalar:

  1. Agentlik faoliyati haqida ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etish yoʻli bilan aholiga muntazam, toʻliq va tezkor ravishda axborot taqdim etib borish;
  2. Agentlikda mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy taraqqiyoti jarayoni haqida axborot berish va yoritish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
  3. Agentlikda ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish, ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish va boshqa shakllarda jamoatchilik fikrini oʻrganish;
  4. Axborot siyosati sohasida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) bilan samarali amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
  5. Ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish, axborot xizmatlari bilan doimiy ishlovchi jurnalistlar va blogerlar doirasida tezkor maʼlumotlarni tarqatish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda keng aholi qatlamlarining ishtirokini taʼminlash choralarni koʻrish;
  6. Muntazam ravishda ommaviy axborot vositalarida Agentlik rahbariyatining chiqishlarini tashkil etish;
  7. Axborot makoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborot xurujlariga Ish beruvchi manfaatlaridan kelib chiqib tezkor munosabat bildirish, ommaviy axborot vositalari va Internet tarmogʻida tegishli davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga aloqador axborotni tarqatish boʻyicha ishlarni tashkil qilish;
  8. Mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali tarqatish uchun xabar, maʼlumot, sharh va boshqa axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;
  9. Agentlik tizimi faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilik fikrini, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining pozitsiyasini oʻrganish, dolzarb takliflar ishlab chiqish va ular toʻgʻrisida rahbariyatga axborot berib borish;
  10. Agentlik tizimi tashkilotlarining faoliyatiga aloqador matnli, foto, audio va videomateriallardan iborat maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borish.
1034 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech