Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

26 Fevral 2024

“Yagona milliy baholash standartining mohiyati va ahamiyati” mavzusida seminar oʻtkaziladi

Avval maʼlum qilinganidek, umum-eʼtirof etilgan xalqaro baholash standartlari (IVS, EVS, USPAP, RIKS va boshqalar) asosida bozor konyunkturasini hisobga olgan holda baholashda yagona yondashuvni taʼminlaydigan Yagona milliy baholash standartining (keyingi oʻrinlarda - YaMBS) yangi tahriri ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 28-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 3487-son) va 2024-yil 1-yanvardan kuchga kirdi.

Shunga koʻra YaMBS mohiyati va ahamiyatini, undagi yangi normalar mazmunini keng jamoatchilikka yetkazish va tushuntirish borasidagi ishlarni samarali tashkil etish maqsadida, 2023-yil 28-fevral soat 11:00da Davaktiv agentligining binosida (Toshkent shahri, Amir Temur shoh koʻchasi, 6-uy) “Yagona milliy baholash standartining mohiyati va ahamiyati” mavzusida (onlayn va oflayn shaklda) seminar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan, mustaqil va xolis baholash tizimini rivojlantirish hamda baholash xizmatlarining professional darajasi va sifatini oshirish maqsadida mazkur seminarga tegishli vazirlik va idoralarning baholash faoliyatiga aloqador boʻlgan masʼul xodimlari, Davaktiv agentligi markaziy apparati va hududiy boshqarmalari xodimlari hamda baholovchi tashkilotlar va baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari vakillari taklif etiladi.

Maʼlumot uchun bogʻlanish telefonlari: +99871-259-20-19, +99871-259-22-87

837 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech