Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

13 Fevral 2024

Don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari boʻyicha savdo jarayonlari yuzasidan qo‘shimcha axborot

Avval xabar berilganidek, "To‘rtko‘ldonmahsuloti" MChJ ustav fondidagi 58,06 foiz davlat ulushi bo‘yicha savdo jarayonlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi hamda Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasining tegishli qaroriga ko‘ra mazkur aktiv bo‘yicha eng yaxshi tijorat taklifini taqdim etgan "Ilyosbek Nilufar Bexruz" MChJ 14,0 mlrd. soʻm sotib olish qiymatini toʻlash, kamida besh yil davomida aktivning asosiy faoliyat turini saqlab qolish va mavjud don saqlash sigʻimlarini kamaytirmaslik hamda qonunchilikda belgilangan tartibda davlat zaxirasi uchun saqlanadigan don hajmlarini shartnomalar asosida haq toʻlash evaziga saqlab berish sharti bilan g‘olib deb topildi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi mazkur davlat aktivi boʻyicha savdo jarayonlarida ishtirok etgan barcha talabgorlarga minnatdorchilik bildiradi.

Mazkur davlat aktivi boʻyicha savdo jarayonlarida ishtirok etgan talabgorlarga Ishchi organ tomonidan individual xabar yuboriladi.

Oʻz oʻrnida taʼkidlash joizki, don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari boʻyicha narx takliflarini koʻrib chiqishda, Xususiylashtirish davlat komissiyasi tomonidan moʻljal sifatida inobatga olinadigan tavsiyaviy baholash qiymatini 50 foizga qadar qadamma-qadam pasaytirish mexanizmi joriy etilgan.

Bundan tashqari, quyidagi don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualarining savdo jarayonlarini davom ettirish uchun savdoda qatnashish boʻyicha takliflar kelib tushmaganligi hamda takliflar yetarli darajada shakllanmaganligi sababli, mazkur aktivlar takroriy savdolarga chiqarildi.

 

Takroriy savdolarga chiqarilgan don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari
Talabgorlardan takliflar 2024-yil 23-fevral kuni soat 18-00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar qabul qilinadi

Davlat aktivining nomi

Joylashgan hududi

Davlat ulushi (foizda)

Lot raqami

I. Don korxonalaridagi davlat ulushlari

“Qoraqalpoqdonmahsulotlari” AJ

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
Nukus shahri

80,2

8202581

“Konirat un zavodi” AJ

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
Qoʻngʻirot tumani

95,6

8202582

“Taxiatosh don mahsulotlari” AJ

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
Taxiatosh tumani

91,6

8202595

“Chimboydon” MChJ

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
Chimboy tumani

93,6

8202580

“Asaka don mahsulotlari” AJ

Andijon viloyati,
Asaka tumani

65,8

8202606

“Qoʻrgʻontepa don mahsulotlari” AJ

Andijon viloyati,
Qoʻrgʻontepa tumani

83,7

8202599

“Kogondonmahsulotlari” AJ

Buxoro viloyati,
Kogon shahri

93,0

8202571

“Doʻstlikdonmahsulotlari” AJ

Jizzax viloyati,
Doʻstlik tumani

90,2

8202573

“Jizzaxdonmahsulotlari” AJ

Jizzax viloyati,
Jizzax shaxri

94,4

8202586

“Zarbdor elevatori” AJ

Jizzax viloyati,
Zarbdor tumani

94,8

8202591

“Qashqadaryodonmahsulotlari” AJ

Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri

92,5

8202587

“Qamashi DMQQ” MChJ

Qashqadaryo viloyati,
Qamashi tumani

99,9

8202594

“Koson don mahsulotlari qabul qilish” MChJ

Qashqadaryo viloyati,
Koson tumani

64,7

8202593

“Don xalq rizqi” AJ

Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani

88,4

8202577

“Navoiydonmahsulotlari” AJ

Navoiy viloyati,
Navoiy shahri

61,1

8202589

“Uchqoʻrgʻon don mahsulotlari” AJ

Namangan viloyati,
Uchqoʻrgʻon tumani

79.3

8202604

“Namangandonmahsulotlari” AJ

Namangan viloyati, Namangan shahri

51,0

8202585

“Jomboy don mahsulotlari” AJ

Samarqand viloyati,
Jomboy tumani

57,4

8202602

“Oqtosh Don” AJ

Samarqand viloyati,
Narpay tumani

57,4

8202598

“Surxondaryodonmahsulotlari” AJ

Surxondaryo viloyati,
Termiz shahri

88,5

8202574

“Shoʻrchi don mahsulotlari” AJ

Surxondaryo viloyati,
Sho‘rchi

64,3

8202588

“Fargʻonadonmahsulotlari” AJ

Fargʻona viloyati,
Fargʻona shahri

51,0

8202579

“Qoʻqon don mahsulotlari” AJ

Fargʻona viloyati,
Qoʻqon shahri

64,3

8202600

“Bagʻdod don mahsulotlari” AJ

Fargʻona viloyati,
Bagʻdod tumani

54,8

8202603

“Quva don mahsulotlari” AJ

Fargʻona viloyati,
Quva tumani

51,0

8202575

“Xonqa don mahsulotlari” AJ

Xorazm viloyati,
Xonqa tumani

67,5

8202583

“Bogʻot don” AJ

Xorazm viloyati,
Bogʻot tumani

65,5

8202601

“Xorazmdonmahsulotlari” AJ

Xorazm viloyati,
Urganch tumani

92,2

8202597

II. Don korxonalarining alohida mulkiy majmualari

“Qoʻngʻirot un zavodi” AJning
“Qonlikoʻl gurish” filiali

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
Qonlikoʻl tumani

mulkiy majmua

8202596

“Chimboydon” MChJning “Qoraoʻzak” filiali

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
Qoraoʻzak tumani

mulkiy majmua

8202584

“Koson don mahsulotlar qabul qilish” MChJning
“Muborak don” filiali

Qashqadaryo viloyati,
Muborak tumani

mulkiy majmua

8202590 

“Koson don mahsulotlar qabul qilish” MChJning
“Gʻuzor un” filiali

Qashqadaryo viloyati,
Gʻuzor tumani

mulkiy majmua

8202592

“Don xalq-rizqi” AJning
“Kitob Don” filiali

Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani

mulkiy majmua

8202605

“Dunyo-M” AJning “Baxoristondon” filiali

Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumani

mulkiy majmua

8202578

“Dunyo-M” AJning “Shahrisabzdon” filiali

Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri

mulkiy majmua

8202576

“Samarqanddon mahsulotlari” AJning “Nurobod don” filiali

Samarqand viloyati,
Nurobod tumani

mulkiy majmua

8202572

1529 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech