Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

06 Iyul 2023

“Xalq IPO”si doirasida jalb qilinayotgan talabgor Anderrayterlarni savollari yuzasidan onlayn-muhokama/muloqot oʻtkaziladi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining joriy yil 29-iyun kuni chop etilgan eʼloniga muvofiq, “bitta aksiya - bitta lot” tamoyili asosida 40 ta davlat korxonalarini aksiyalarini “Xalq IPO”si orqali savdosini tashkil etish boʻyicha Anderrayterlarni jalb qilish yuzasidan tanlov eʼlon qilingan.

Mazkur jarayonda ishtirok etmoqchi boʻlgan tomonlarning savollariga aniqlik kiritish maqsadida barcha talabgorlardan joriy yil 10-iyul soat 18.00 (Toshkent vaqti bilan)ga qadar, elektron pochta manzili va aloqa uchun masʼul shaxsni aniq koʻrsatgan holda, qiziqtirgan savollari/izohlarini quyidagi aloqa kanallari orqali taqdim etishlarini soʻraymiz:

  • Talʼat Samandarov – Davlat aktivlarini xususiylashtirishga tayyorlash boshqarmasi boshligʻi;
  • Tel.: + 998-71-259-20-67;
  • El.pochta: tender@davaktiv.uz.

Savol/izoh yoʻllagan talabgorlar bilan joriy yil 12-iyul soat 16.00 (Toshkent vaqti bilan)da onlayn-muhokama/muloqot boʻlib oʻtadi.  

Onlayn-muhokama/muloqotda qatnashish uchun havola savol/izoh yoʻllagan yoki ushbu muhokamada qatnashish istagini bildirgan talabgorlarning elektron pochtalariga yuboriladi.

2223 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech