Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

29 Iyun 2023

40 ta davlat korxonalarida “Xalq IPO”sini oʻtkazish uchun anderrayter kompaniyalarini jalb qilish toʻgʻrisida EʼLON

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda - Davaktiv agentligi/Buyurtmachi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-102-son qaroriga muvofiq, bitta aksiya bitta lot” tamoyili asosida quyidagi ilovadagi 40 ta davlat korxonalarini aksiyalarini “Xalq IPO”si orqali savdosini tashkil etish boʻyicha anderrayter (keyingi oʻrinlarda – Anderrayter)larni jalb qilish yuzasidan tanlov eʼlon qiladi.

Anderrayter oʻziga yuklatilgan vazifalarni Buyurtmachi va u tomonidan jalb etilgan Strategik konsultant hamda boshqa tegishli tomonlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.

“Xalq IPO”sini oʻtkazish uchun Anderrayterlardan kelib tushgan takliflar quyidagi talablarga muvofiq saralanadi va salohiyatli anderrayter roʻyxati (Gʻoliblar roʻyxati) tuziladi.

Davaktiv agentligi tomonidan ushbu Gʻoliblar roʻyxatiga kiritilgan Anderrayterlar bilan xizmat koʻrsatishning asosiy shartlarini belgilovchi bosh kelishuv imzolanadi.

Bunda, Buyurtmachi Strategik konsultant bilan kelishgan holda “Gʻoliblar roʻyxati”ga kiritilgan Anderrayterlardan bir yoki bir nechtasini “Xalq IPO”si oʻtkaziladigan muayyan davlat ishtirokidagi korxonalarga  alohida shartnoma orqali biriktiradi.

Gʻoliblar roʻyxatidan Anderrayterlarni biriktirishda ularning ushbu korxonalar bilan avvalgi loyihalari va ushbu loyihalar doirasidagi tegishli tajribalari inobatga olinadi.  

Barcha qiziqish bildirgan talabgorlardan quyida keltirilgan Taklif taqdim etish uchun soʻrovnoma (RfP)ga asosan oʻz takliflarini 2023-yil 17-iyul kuni soat 18:00 (Toshkent vaqti bilan)ga qadar quyidagi axborot kanallari orqali taqdim etishlarini soʻraymiz.

Talʼat Yuldashevich Samandarov – Davlat aktivlarini xususiylashtirishga tayyorlash va xususiylashtirish departamenti boshligʻining oʻrinbosari;

Telefon: + 998-71-259-20-67;

E-mail: tender@davaktiv.uz.

Qoʻshma tijorat taklif taqdim etilgan taqdirda, jalb qilingan sherik konsultant ishlarini muvofiqlashtiruvchi va masʼuliyatni oʻz zimmasiga oluvchi Bosh kompaniyani koʻrsatish kerak.

Davaktiv agentligi salohiyatli “Gʻoliblar roʻyxati”ga kiritiladigan bir nechta anderrayterlarni tanlash hamda “xalq IPO”si oʻtkazilishi belgilangan davlat ishtirokidagi korxonalar uchun mazkur “Gʻoliblar roʻyxati”dan bitta anderrayter tayinlash huquqlarini oʻzida saqlab qoladi.

Diskleymer

Mazkur soʻrovnoma tijorat taklifini taqdim etish majburiyati hisoblanmaydi va Buyurtmachiga taklifni qabul qilish yoki shartnoma tuzish majburiyatini yuklamaydi. Shunga koʻra, takliflar uchun ushbu soʻrovnomani eʼlon qilish va/yoki u bilan bogʻliq arizalarni olish, bir yoki bir nechta ishtirokchilar bilan muzokaralar va muhokamalar orqali shartnoma tuzishni nazarda tutmaydi.

Ushbu hujjatda keltirilgan materiallar va maʼlumotlar jarayonning faqat eng muhim tomonlari va dastlabki xulosasi, shuningdek Xalq IPOsini tashkil etish boʻyicha anderrayter kompaniyasidan kutilayotgan umumiy ishlar hajmi sifatida xizmat qilishiga moʻljallangan.

Tanlov ishtirokchilari tanlov jarayoni bilan bogʻliq holda Buyuurtmachi uchun dastlabki taqdimotlar va takliflarni tayyorlashning yagona cheklangan maqsadidan tashqari, hech narsaga tayanolmaydilar va ishonmasliklari shart.

 

Davlat ishtirokidagi korxonalarini aksiyalarini “Bitta aksiya bitta lot” tamoyili asosida “Xalq IPO”si savdolarini tashkil etish boʻyicha anderrayter kompaniyasini jalb qilish boʻyicha Taklif taqdim etish uchun soʻrovnoma (RfP)

 

Kirish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-102-son qaroriga muvofiq, 40 ta davlat korxonalari (keyingi oʻrinlarda – Aktivlar)da “Bitta aksiya – bitta lot” tamoyili asosida “Xalq IPO”sini oʻtkazish belgilangan. Aktivlar roʻyxati 1-ilovada koʻrsatilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda – Davaktiv agentligi/Buyurtmachi) Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy va yuridik shaxslari uchun “Xalq IPO”sini tashkil etish uchun anderrayter (keyingi oʻrinlarda – Anderrayter)ni jalb qilishda eng maqbul takliflar asosida tanlov oʻtkazishni rejalashtirgan.

Mazkur Taklif taqdim etish uchun soʻrovnoma (keyingi oʻrinlarda – Soʻrovnoma) Anderrayterga qoʻyiladigan talablarni va uning takliflarini baholash strukturasini, shuningdek aksiyalarni ommaviy “Xalq IPO”si boʻyicha ishlar hajmini tasniflaydi.

Barcha spektrda xizmat koʻrsatuvchi anderrayterlar Emissiya kosorsiumi/sindikat yaratishi mumkin. Konsorsium/sindikat nomidan tijorat taklifi yuborilgan taqdirda, “Boshqaruv konsorsiumi/Sindikat” koʻrsatilishi kerak. Konsorsiumdan tashqarida qoʻshimcha broker-dilerlarni jalb qilish Davaktiv agentiligi bilan kelishiladi.

“Xalq IPO”sini oʻtkazish uchun kelib tushgan takliflar orasidan salohiyatli anderayter roʻyxati (Gʻoliblar roʻyxati) tuziladi.

Bunda, Davaktiv agentligi “Gʻoliblar roʻyxati”ga kiritilgan anderrayterlarni “Halq IPO”si oʻtkaziladigan davlat ishtirokidagi korxonalarga Strategik konsultant bilan kelishgan holda anderayterlarning mustaqil biriktirish huquqini oʻzida saqlab qoladi.

Xizmat koʻrsatish hajmi

Anderrayter Aktivlarning muvaffaqiyatli aksiyalarini ommaviy ommaviy savdosi uchun zarur boʻlgan xizmatlarning toʻliq roʻyxatini taqdim etishini taʼminlashi zarur.

Anderrayter qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi tegishli qonunchilik, “bitta aksiya – bitta lot” tamoyili asosida “E-Auksion” elektron savdo platformasida davlat aksiya paketlarini “Xalq IPO”sini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom hamda ichki qonunlarda belgilangan savdoni barcha jihatlari bilan bogʻliq vazifalarni oʻziga zimmsiga oladi, shu jamladan:

1-bosqich

  1. Aktiv/Aktivlarning aksiyalarini “Xalq IPO”sini va tayyorlash jarayonini tashkil etish.
  2. Aksiyani muvaffaqiyatli savdosini tashkillashtirish uchun “E-Auksion” elektron savdo platformasini yaxshilash imkoniyatlari boʻyicha strategik konsultant bilan birga taklif ishlab chiqish.
  3. Investorlar uchun takliflar strukturasi boʻyicha asoslangan tavsiyalar tayyorlash.
  4. Sohadagi boʻlib oʻtgan amaliyotga muvofiq Aktiv/Aktivlarning kapital qiymati bahosi va aksiyaning taklif narxi boʻyicha takliflar taqdim etish.
  5. Strategiyani ishlab chiqish hamda Aktiv/Aktivlar va Buyurtmachiga “Xalq IPO”sini maqbul shartlari yuzasidan maslahat berish.
  6. Barcha masʼul tomonlarni tayinlagan holda Aktiv/Aktivlarning “Xalq IPO”sini va tayyorlash boʻyicha tadbirlar reja-jadvalini tayyorlash.
  7. “Xalq IPO”si boʻyicha dastlabki ishlarni amalga oshirishda Aktiv/Aktivlarga yordam koʻrsatish.
  8. Bitim bilan bogʻliq asosiy xavflarni aniqlash va ularni yumshatish vositalarini ishlab chiqish.

2-bosqich

  1. Amaldagi qonun hujjatlari va chiqarish tuzilmasiga muvofiq, aksiyalar muomilasi va “Xalq IPO”sini hamda o'tkazish uchun zarur hujjatlarni, shu jumladan emissiya hujjatlarini tayyorlash.
  2. Ushbu Bitimning barcha bosqichlari qonuniy va qonunchilik talablariga muvofiqligini taʼminlash uchun Aktiv/Aktivlar yuridik maslahatchilari bilan ishlash.
  3. Korporativ boshqaruv, dividend siyosati, boshqaruvni ragʻbatlantirish, ichki nazorat/tizimlar boʻyicha maslahatlar berish va ilgʻor xalqaro tajribani joriy etish boʻyicha yoʻl xaritasini ishlab chiqish.
  4. Biznes-reja/strategiya va investitsion jozibadorlik tarixi (equity story)ni ishlab chiqish.
  5. Tadqiqot toʻgʻrisida tahliliy hisobotni ishlab chiqish va chop etish.

3-bosqich

  1. Salohiyatli investorlarning eng keng doirasi bilan Aktiv/Aktivlar nomidan muzokaralar oʻtkazish va tashkil etish.
  2. Axborot hujjatlarini tayyorlash (flayerlar, broshyuralar, bannerlar, memorandumlar, foto-video roliklar va boshqalar).
  3. Obuna kompaniyalari jadvalini ishlab chiqish va amalga oshirish (road show).
  4. Respublika hududlarida investorlar oʻrtasida axborot materiallarini tarqatish, shuningdek, mahalliy joylarda arizalar va toʻlovlarni qabul qilish imkoniyatini nazarda tutuvchi obuna kampaniyasini (road show) oʻtkazish.

4-bosqich

  1. Bukrannerning standart xizmatlari, shu jumladan joylashtirilgan qimmatli qogʻozlarni sotib olish uchun salohiyatli investorlarning arizalarini qabul qilish, talabnomalarning jamlangan reestrini yuritish va aksiyalarni “Xalq IPO”sini tashkil etish.
  2. Aktiv/Aktivlar platformasi bilan ishlashda yordam berish.
  3. Investorlar bilan aksiyalarni “Xalq IPO”si boʻyicha hisob-kitobini tashkillashtirish – ilgari chiqarilgan aksiyalarni investorlarga oʻtkazish va Aktivlarning tushumlarini tegishli oʻtkazishni (anderrayting toʻlovlarini hisobga olmaganda) nazarda tutuvchi billing va yetkazib berish roli.
  4. Aksiyalarni muvaffaqiyatli “Xalq IPO”sini o'tkazishga qaratilgan boshqa zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan bitimni roʻyxatdan oʻtkazishda yordam berish.

Ishning bosqichlari Kelishuv/Shartnoma va Buyurtmachi va Anderrayteroʻrtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa hujjatlarni tayyorlash jarayonida belgilanishi mumkin.

Ishning barcha natijalari va materiallari Aktiv/Aktivlar, Aktiv/Aktivlarning aksiyadorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning strategik konsultanti bilan muhokama qilinadi va kelishiladi.

Anderrayterga qoʻyiladigan talablar va shartlar

  1. Anderrayter Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonuniga rioya qilishi shart.
  2. Xalqaro ishtirokchilar taklif taqdim etgan taqdirda, oʻz takliflarini mahalliy litsenziyaga ega investitsiya va/yoki moliyaviy konsalting kompaniyasi bilan konsorsiumda taqdim etishlari shart.
  3. Gʻolib boʻlgan taqdirda, Anderrayter 10 yil davomida Aktivlar va uning filiallaridan olingan har qanday maʼlumotlar va hujjatlarning maxfiyligini taʼminlashi shart.
  4. Aksiyalar “Xalq IPO”sini o'tkazilgandan soʻng, ish tugallanganligi toʻgʻrisidagi aktga muvofiq qabul qilinadi.
  5. Ishlar va xizmatlar natijalari ishlar bajarilganligi boʻyicha aktga muvofiq qabul qilinadi;
  6. Anderrayter aksiyalarni savdosini tashkillashtirish boʻyicha xizmatlarning toʻliq hajmini kafolatlashi shart.
  7. Hisobot hujjatlarining tuzilishi (formati) va tili, shuningdek, mijoz va anderrayter oʻrtasida rus yoki ingliz, oʻzbek tillarida xabarlarni uzatish mumkin.
  8. Anderrayter tijorat taklifini asoslash uchun rezyume shaklida kerakli mutaxassislarning malakasini, sonini, hajmi, xizmatlar (ishlar) roʻyxatini taqdim etishi shart.

Tijorat taklifning taxminiy seksiyalari

1-seksiya: Jamoa (10 ball)

  1. Jamoa va/yoki konsorsium/sindikatning takli f qilingan tarkibi (agar mavjud boʻlsa).
  2. Bitimlar ustida ishlaydigan mutaxassislar
  3. ahlilchilarni batafsil koʻrsating.
  4. Jamoaning har bir aʼzosini koʻrsating:
    1. Tegishli tajriba va malakasi;
    2. Tashkilotdagi lavozimi;
    3. Manzili;
    4. Jarayonni ijrochisidagi ahamiyati.
  5. Buyuurtmachi va boshqa maslahatchilar bilan har kuni muloqot qiladigan shaxslarni koʻrsating.
  6. Takdim etilgan jamoadan kutiladi:
    1. Oʻzbekiston da va/yoki MDH mamlakatlarida, shu jumladan “Toshkent” Respublika fond birjasi/KASE/AIX va boshqa birjalarda tegishli tajribaga ega.
    2. Boshlangʻich yigʻilish oʻtkazilgan paytdan boshlab uning yopilishiga qadar Bitimning bajarilishi uchun javobgardir.

 

2-seksiya: Investitsiyalar tarixi va xususiy kapitalni baholash (20 ball)

 

Anderrayter oʻzining tijorat taklifida barcha aktivlar uchun xizmatlar koʻrsatishdan manfaatdorligini aks ettirishi loim. Agar Anderrayter muayyan aktivlarni “Xalq IPO”sida ishtirok etishni xohlasa, u holda ustuvorlik koʻrsatilishi kerak. Anderrayter tomonidan tanlangan har bir Aktiv/Aktivlar uchun quyidagilar taqdim etilishi kerak:

  1. Investitsiya tezis (Investment thesis):
    1. Sizning konsorsiumingizda Aktiv/Aktivlarning aksiyalari tarixini qanday “Xalq IPO”sini va Aktiv/Aktivlar uchun investitsiya tezisini shakllantirishini tasvirlab bering;
    2. Oʻxshash (analog) ommaviy savdo taʼsirini baholagan holda baholash tahlilining taqqoslash koʻrsatkichlarini tavsiflang;
    3. Oʻxshash (analog) bilan solishtirganda aktivlarning kuchli/zaif tomonlarini tavsiflang;
    4. Aktiv/Aktivlarning dividend siyosati haqida fikringizni bildiring.
  2. Investorlarning potensial xavotirlari va potensial risklarni yumshatish choralari:
    1. Investorlar tomonidan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan asosiy xavflarni tavsiflang;
    2. Ushbu xavflarni kamaytirish uchun asosiy tavsiyalarni bering.
  3. Materiallarni tayyorlanishi:
    1. Aktiv/Aktivlarni “Xalq IPO”sini asoslash uchun zarur boʻlgan asosiy tayyorgarlik materiallarini tavsiflang (masalan, biznes-reja, moliyaviy model, mulkni baholash hisoboti, mustaqil soha hisoboti va boshqalar).


 

3-seksiya: Bitimlarning tuzilishi (30 ball)

2023-yil 24-martdagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-102-son qarori doirasida bozor sharoitidan hamda tegishli davlat organlarining tasdigʻidan kelib chiqib, Aktivlar kapitalining oʻrtacha 2 foizigacha “Xalq IPO”sini o'tkazish kutilmoqda.

  1. Birlamchi ommaviy taklif doirasida Sizning fikringiz boʻyicha tayyorlanishi kerak boʻlgan asosiy hujjatlarni tavsiflang.
  2. Xalq IPO oʻtkazish muddatlari boʻyicha oʻz tasavvuringizni, shu jumladan, muhim bosqichlar va natijalar bilan dastlabki jadvalni taqdim eting.
  3. Birlamchi marketingga yondashuv, marketing jarayonining muddati.
  4. Sarmoyadorlarni, shu jumladan chakana sotuvchilarni maksimal qamrab olish boʻyicha tavsiyangiz, talabni oshirish strategiyasi.
  5. Anderrayter va subpudratchilar sonini hamda ularning tegishli tajribasi bilan taklif etilgan sindikat/konsorsium tuzilmasini koʻrsating.
  6. Xizmatlar narxi (shu jumladan qoʻshimcha toʻlovlar). “Xalq IPO”si o'tkazilgan aksiyalarning umumiy qiymatidan foiz (%) sifatida koʻrsatilishi kerak.
  7. Anderrayter va Buyurtmachi oʻrtasidagi shartnomaning amal qilish muddati.

4-seksiya: Investitsiyalar va kapital bozorlarida tegishli tajribasi:

  1. Asosiy mijozlar, soʻnggi 5 yildagi bitimlar soni va hajmi (shu jumladan, Aktivlar boʻlganlar); Bitimlar geografiyasi (mamlakatlar soni).
  2. IPO oʻtkazishda yordam berishi mumkin boʻlgan tegishli kompaniyalar roʻyxati va mulkchilik tuzilmasi.
  3. Ushbu turdagi bitimlar uchun oʻz ulushlaringizni taqsimlash imkoniyatlarning hajmi va koʻlamini koʻrsating (institutsional va chakana savdo imkoniyatlari, shu jumladan bozor ulushi va bozorda mavjudligi).
  4. Ikkilamchi bozordagi faoliyat tavsifi (“Toshkent” Respublika fond birjasida):
    1. 2019-2022-yillarda yakunlangan yillik bitimlar soni;
    2. 2019-2022-yillarda yillik savdo hajmi;
    3. 2019-2022-yillarda “Toshkent” RFB yillik savdo hajmidagi bozor ulushi.

 

Aksiya paketlari “bitta aksiya — bitta lot” tamoyili asosida xalq IPOsini oʻtkazish tartibida ommaviy savdolar orqali sotiladigan 40 ta korxonalar roʻyxati

T/r

Nomi

Hudud

Sotiladigan aksiyalar

foiz

dona

1.

“Navoiy KMK” AJ

Navoiy viloyati

2,0

300 000 000

2.

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ

Toshkent viloyati

2,0

12 300 297

3.

“O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ

Toshkent viloyati

2,0

9 330 978

4.

“UZBAT” AJ

Toshkent shahri

2,6

641 747

5.

“O‘zbektelekom” AJ

Toshkent shahri

2,0

5 746 211

6.

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB

Toshkent shahri

2,0

4 878 435 656

7.

“Asakabank” ATB

Toshkent shahri

2,0

842 745 407

8.

AT “Xalq banki”

Toshkent shahri

2,0

148 667 596

9.

“Qishloqqurilishbank” ATB

Toshkent shahri

2,0

311 141 316

10.

“Aloqabank” ATB

Toshkent shahri

2,0

223 319 146

11.

“Turonbank” ATB

Toshkent shahri

2,0

17 460 499

12.

“Mikrokreditbank” ATB

Toshkent shahri

2,0

66 429 463

13.

“Ipak yo‘li” ATB

Toshkent shahri

0,0003

192 888

14.

“Trastbank” ATB

Toshkent shahri

0,001

598

15.

“Garantbank” ATB

Toshkent shahri

0,01

294 396

16.

“O‘zbekinvest” EISK AJ

Toshkent shahri

7,33

20 686 463

17.

“Alskom” AJ

Toshkent shahri

3,9

1 137 311

18.

“O‘zagrosug‘urta” AJ*

Toshkent shahri

2,0

664 617

19.

“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ

Toshkent shahri

4,0

134 651

20.

“Dori-darmon” AJ

Toshkent shahri

20,0

4 014 400

21.

“O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xomashyo birjasi” AJ*

Toshkent shahri

2,0

1 499 168

22.

“O‘zbekgeofizika” AJ

Toshkent shahri

2,0

23 240 292

23.

“Qurilishmashlizing” AJ

Toshkent shahri

22,5

3 825 000

24.

“O‘zog‘irsanoatloyiha” AJ

Toshkent shahri

5,7

671 238

25.

“Toshuyjoyliti” AJ

Toshkent shahri

10,5

482 084

26.

“Tashgiprogor” AJ

Toshkent shahri

15,8

85 673

27.

“Boshtransloyiha” AJ

Toshkent shahri

6,1

271 556

28.

“Andijon biokimyo zavodi” AJ

Andijon viloyati

20,0

2 541 782

29.

“O‘zbekneftgaz” AJ

Toshkent shahri

2,0

849 738 934

30.

“Hududgazta’minot” AJ

Toshkent shahri

2,0

529 261 741

31.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ

Toshkent shahri

2,0

3 993 422

32.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

Toshkent shahri

2,0

1 040 462 222

33.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

Toshkent shahri

2,0

1 693 616 290

34.

“O‘zbekgidroenergo” AJ

Toshkent shahri

2,0

146 221 337

35.

“Minora qurilish ekspeditsiyasi” AJ

Qashqadaryo viloyati

11,1

3 588 800

36.

“Janubsanoatmontaj” AJ

Navoiy viloyati

20,7

337 653

37.

“Qo‘qon neftgaz parmalash ishlari” AJ

Farg‘ona viloyati

10,3

33 424 896

38.

“Ko‘prikqurilish” UK**

Toshkent shahri

2,0

-

39.

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” DUK**

Toshkent shahri

10,0

-

40.

“Qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysi” DUK**

Toshkent shahri

10,0

-

 

 

 

3027 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech