Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

15 Iyun 2023

Davaktiv agentligi ishtirokidagi 61 ta korxonalarning kuzatuv kengashi tarkibi bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov natijalari to‘g‘risida e'lon

Avval ma'lum qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 647-son qaroriga asosan Davaktiv agentligi tomonidan 2023-yil 20-aprel kuni Davaktiv agentligi ishtirokidagi 61 ta korxonalarning kuzatuv kengashi tarkibiga davlat ulushi bo‘yicha 306 nafar a'zolik o‘rinlariga tanlov o‘tkazildi.

Nomzodlarni saralash jarayonida oliy ma'lumotli, korporativ boshqaruvchi malaka attestatiga ega, kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan shaxslar, ularning malakasi, amaliy tajribasi, qonunchilikka oid, xususan korporativ sohasidagi bilimga ega bo‘lgan nomzodlar zaruratga ko‘ra suhbatdan o‘tkazilib, tanlab olindi.

Tanlovda ishtirok etish uchun talabgorlardan 758 ta (2,5 barobar ko‘p) arizalar kelib tushgan, shundan, 179 tasi malaka talablariga mos kelmaganligi sababli rad etilgan va 579 tasi qabul qilingan.

Malaka talablariga mos kelgan 579 ta nomzodlarning arizalari ichidan:

  • 21 ta korxonalarning 105 ta a'zolik o‘rinlariga kelib tushgan 331 arizalardan 61 nafar nomzodlar tanlab olindi (tanlov natijalari nomzodlarning shaxsiy kabinetlariga yuborildi);
  • 40 ta korxonalarning 201 ta a'zolik o‘rinlariga 248 ta arizalar topshirilganligi, lekin har bir a'zolik o‘rniga kamida 2 nafar nomzodlardan arizalar kelib tushmaganligi sababli ushbu 40 ta korxonalarning 201 nafar a'zolik o‘rinlariga tanlov muddati joriy yil 23 iyunga qadar uzaytirildi.
  • 21 ta korxonalarning kuzatuv kengashi tarkibiga davlat ulushi bo‘yicha tanlab olingan 105 nafar nomzodlarni aksiyador (ta'sischi)lar umumiy yig‘ilishiga tavsiya etish va kuzatuv kengashlari tarkibiga kiritish bo‘yicha davlat ishtirokidagi korxonalarga takliflar yuborildi.
1481 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech