Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

09 May 2023

Don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari boʻyicha savdo jarayonlari yuzasidan E'LON

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2023-yil 26-martdagi eʼloniga muvofiq talabgorlardan “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron koʻrinishda takliflar qabul qilingan.

Shunga koʻra, joriy yilning 10-may kuni soat 16:00da Davaktiv agentligida koʻrib chiqish uchun yetarli taklif shakllangan davlat aktivlari boʻyicha savdo jarayonlarining birinchi bosqichidagi talabgorlarning elektron koʻrinishdagi takliflari ochiladi.

Ushbu jarayonga Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasi (keyinchalik – Xususiylashtirish Davlat komissiyasi) aʼzolari, talabgorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etiladi, shuningdek shaxsan qatnasha olmaydigan talabgorlar uchun videokonferens aloqa vositasi orqali ishtirok etish imkoniyati yaratiladi.

Davlat aktivlari boʻyicha savdo jarayonlarining birinchi bosqichida taklif yuborgan har bir talabgorga Ishchi organ tomonidan individual xabar yoʻllangan.

Ishchi organ oʻz hisobotini tayyorlab, Xususiylashtirish Davlat komissiyasiga koʻrib chiqish uchun taqdim etadi va birinchi bosqich yakunlari boʻyicha maʼlumotlar Davaktiv agentligi tomonidan belgilangan tartibda eʼlon qilinadi.

Oʻz navbatida, savdolarning birinchi bosqichida yagona talabgor tomonidan taklif yuborilganligi hamda taklif kelib tushmaganligi sababli savdosi oʻtkazilmagan quyidagi don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallarining mulkiy majmualari “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali 15 kun muddatga takroriy savdolarga chiqariladi.

Takroriy ommaviy savdolarga chiqariladigan don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari
ROʻYXATI

T/r

Davlat aktivining nomi

Joylashgan hududi

Davlat ulushi (%)

 Don korxonalaridagi davlat ulushi

1.

“Qoraqalpoqdonmahsulotlari” AJ

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
Nukus shahri

80,2

2.

“Konirat un zavodi” AJ

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,

Qungʻirot tumani

95,6

3.

“Asaka don mahsulotlari”AJ

Andijon viloyati,
Asaka tumani

65,8

4.

“Kogondonmahsulotlari” AJ

Buxoro  viloyati,
Kogon shahri

93,0

5.

“Doʻstlikdonmahsulotlari” AJ

Jizzax viloyati,
Doʻstlik tumani

90,2

6.

“Qiziltepa un zavodi” AJ

Navoiy viloyat,
Qiziltepa shahri

93,5

7.

“Oqtosh don” AJ

Samarqand viloyati,
Narpay tumani

57,4

8.

“Ховос дон маҳсулотлари” АЖ

Sirdaryo viloyati,
Xovos tumani

94,2

9.

“Surxondaryodonmahsulotlari” AJ

Surxondaryo viloyati,
Termiz shahri

88,5

10.

“Fargʻonadonmahsulotlari” AJ

Fargʻona viloyati,
Fargʻona shahri

51,0

11.

“Qoʻqon don mahsulotlari” AJ

Fargʻona viloyati,
Qoʻqon shahri

64,3

Don korxonalari filiallari mulkiy majmualari

12.

"Qoʻngʻirot un zavodi" AJning

"Qanlikoʻl gurish" filiali

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
Qanlikoʻl tumani

mulkiy majmua

13.

“Koson don mahsulotlar qabul qilish” MCHJning "Muborak don" filiali

Qashqadaryo viloyati,
Muborak tumani

mulkiy majmua

14.

“Koson don mahsulotlar qabul qilish” MCHJning “Gʻuzor un" filiali

Qashqadaryo viloyati,
Gʻuzor tumani

mulkiy majmua

15.

“Samarqanddonmahsulotlari” AJning "Nurobod don" filiali

Samarqand tumani,
Nurobod tumani

mulkiy majmua

16.

“Surxondaryodonmahsulotlari” AJning "Alpomish un tegirmon" filiali

Surxondaryo viloyati,
Jarqoʻrgʻon tumani

mulkiy majmua

17.

“Fargʻonadonmahsulotlari” AJning "Margʻilon don" filiali

Fargʻona viloyati,
Margʻilon shahri

mulkiy majmua

 

1514 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech